Yo’nalishi talabalari uchun
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi (1)
Hiqildoq
Hiqildoq nafas yo`lining ikkinchi qismi bo`lib, o`zidan havo o`tkazishdan tashqari tozalash, ilitish, muhofaza qilish, ovoz paydo qilish funktsiyalarini bajaradi. Hiqildoq orqa tomondan halqum bilan birlashgan. CHunki nafas sistemasi birlamchi ichak nayining old tomonidan rivojlanganligi sababli hazm a`zolari sistemasi bilan nafas a`zolari o`zaro yutqin va hiqildoqlar orqali qo`shiladi. Bundan tashqari hiqildoqning old va ikki yon tomoniga qalqonsimon bez joylashgan. Hiqildoq juft va toq tog`aylardan iborat. Hiqildoq ko`ndalang targ`il mushaklardan tuzilgan, ular odam ixtiyori bilan qisqaradi. Hiqildoq mushaklari vazifasiga ko`ra 3 guruhga bo`linadi: qisuvchi, bo`shashtiruvchi, tovush boylami holatini o`zgartiruvchi. Hiqildokning shilliq pardasi pushti rangli, ko`p qatorli kiprikli qadahsimon hujayralar aralashgan epiteliydan iborat. CHaqaloqlarda hiqildoq kalta va keng qalqonsimon tog`ay burchagi unchalik rivojlanmagan bo`ladi. Bolalarda hiqildoq usti tog`ayi yuqoriroqqa joylashganligidan ovqat luqmasi uning ikki yonboshidan o`tadi. Tovush yorig`i kattalarga nisbatan bolalarda 3 marta kalta bo`lib, mushaklari rivojlanmagan. Balog`at yoshidan boshlab 23-25 yoshgacha hiqildoq tez rivojlanadi. Hiqildoq o`g`il bolalarda qizlarga nisbatan tezroq kattalashadi. YOsh ulg`aygan sari hiqildoq tog`ayi asta-sekin suyaklanib boradi. Traxeya Traxeya uzunligi 9-11 sm, diametri 15-18 mm keladigan naydan iborat bo`lib, 4-bo`yin umurtqasining ro`parasidan boshlanadi, u bo`yin va ko`krak qismlaridan iborat. U 16-20 ta halqa shaklidagi tog`aylardan tuzilgan, o`zaro fibroz to`qimalardan iborat boylamlar bilan tutashgan . Tog`ay yarim halqa devorining ochiq qismi muskul tolalari aralashgan parda bilan o`ralgan. Muskul tolalari yo`tal paytida va nafas olganda qisqarib yordam beradi. Traxeya ichki yuzasi ko`p qatorli kiprikli epiteliy bilan qoplangan va shilliq bezlarga boy qavat bilan o`ralgan. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling