Yo’nalishi talabalari uchun
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siydik ajratish a`zolari.
SIYDIK - TANOSIL A`ZOLAR TIZIMI Siydik - tanosil a`zolari sistemasiga siydik ajratish a`zolari hamda jinsiy a`zolar kiradi. Bu a`zolar funktsiyalari har xil bo`lishiga qaramay, tuzilishiga ko`ra yaqindir. Bundan tashqari, ularning chiqaruv yo`llari umumiy siydik - tanosil kanalini hosil qiladi (erkaklarda) yoki umumiy bo`shliqqa ochiladi (ayollarda). Siydik ajratish a`zolari. Siydik a`zolariga siydik ajratuvchi buyrak va siydik chiqaruvchi, uni vaqtincha to`plovchi yo`llar (siydik yo`llari, qovuq va siydik chiqarish kanali) kiradi. Buyrak. Buyrak loviya shaklida old va orqa tomonlari yassilangan, o`rta yashar odamlarda 140-150 gramga teng bir juft a`zodir. Buyrak 1-2 bel umurtqalari tanasining ikki yonida, qorin bo`shlig`ining orqa tomonida mushak va diafragmaga tegib turadi. Qorin bo`shlig`i o`ng tomonining yuqori qismida jigar joylashganligi uchun o`ng buyrak chap buyrakka nisbatan pastroq o`rnashgan. Uning yuqori va quyi uchi ichki va tashqi qirg`oqlari, oldingi va orqa yuzalari tafovut qilinadi. Buyrak o`rtasi botiq bo`lib, buyrak darvozasi deyiladi. Buyrak darvozasidan arteriya, nerv tomirlari kirib, vena, siydik yo`llari chiqadi. Buyrak o`rtasidan 2 ga bo`linsa, u ikki xil moddadan tuzilganligini ko`rish mumkin. Buyrak pыsti qizg`ish rangda bo`lib, qalinligi 4-5 mm keladi, ichki oqishroq rangda bo`lib, mag`iz qismi hisoblanadi. Buyrak ichki qismi piramida va so`rg`ichlardan iborat. Piramidalar taxminan 1 mln mayda kanalchalardan tuzilgan. Buyrak kanalchalarining bir uchi berk bo`lib, devori ikki qavatli kapsula - SHumlyanskiy - Bouman kapsulasi bilan tugaydi. Ular o`z navbatida qon tomirli koptokchani o`rab turadi. Bu koptokcha bilan kapsula birgalikda buyrak tanachasini tashkil qiladi. Buyrak tanachalari bilan naychalar o`zaro birikkan holda nefronli buyrakning tarkibiy va 85 funktsional birligini tashkil etadi. Buyrak tanachalari bevosita buralma naychalarga davom etib, buyrakning po`st qismidan piramidalar tomon yo`naladi. Naychalar piramidaning uchiga yaqinlashib orqasiga qaytadi va shu yo`sinda nefron qovuzlog`ini hosil qiladi. Po`stloq moddaga etgan buralma naychalar yig`uvchi naychalarga qo`shiladi. Bu naychalar piramidalar tarkibida joylashib, to`g`ri yo`nalishga ega. Ular asta-sekin o`zaro qo`shilishi natijasida 15-20 ta kalta naychalar hosil qilib, piramidaning uchiga ochiladi. Demak, kapsula bo`shlig`ida qon tomirli koptokchalardan filtrlanish yo`li bilan hosil bo`lgan birlamchi siydik ushbu ultrafiltrat oqsillari bo`lmagan qon plazmasiga tarkibi jihatidan yaqindir. Birlamchi siydik buyrak naychalaridan o`tayotganda organizmga kerakli bo`lgan suv, mineral tuzlar va boshqa kerakli moddalar qayta shimiladi, natijada haqiqiy siydik paydo bo`ladi. Siydik piramida so`rg`ichni o`rab turgan kichik kosachalarga quyiladi. 8-9 ta kichik kosachalar o`zaro qo`shilib, 2-3 ta katta kosachani, ular o`zaro qo`shilib, buyrak jomini hosil qiladi. Jom buyrak darvozasidan chiqishi bilan siydik yo`lida davom etib, qovuqqa ochiladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling