35
anatom. Miyaning mikroskopik tuzilishini o`rganib, uning po`stloq
qismidagi kulrang moddaning beshinchi qavatida joylashgan katta
piramida hujayralarini topgan. Bu hujayralar Bets hujayralari nomi
bilan yuritiladi. 1870- yilda „Odam miyasi pushtalarining turkumlari
to`g`risida" asar yaratdi.
D.N.Zernov
(1843-1917)
— Moskva universitetineng
professori, anatom. Miyaning pushtalari va egatlarini o`rganib, qulay
tasnif yaratdi.
D.N.Zernovning „Odam tasviriy anatomiyasidan qo’llanma"
asari 14 marta qayta nashr etildi.
Xudoyberdiyev Rahim Egamberdiyevich (1922-2003) —
O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan fan arbobi, tibbiyot
fanlari doktori, professor. Toshkent tibbiyot institutining Odam
anatomiyasi kafedrasining mudiri (1950-1992). 1969- yilda yozilgan
„Odam anatomiyasi" darsligi 3 marotaba qayta nashr etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: