Yo’nalishi talabalari uchun


KALLA SUYAGINING YOSHGA QARAB O’ZGARISHI


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/137
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#227425
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   137
Bog'liq
odam anatomiyasi (1)

KALLA SUYAGINING YOSHGA QARAB O’ZGARISHI 
Yangi tug`ilgan chaqaloqlar kallasining miya qismi, yuz qismiga 
nisbatan  rivojlangan  bo`ladi.  Chunki  ularda  chaynov  mushaklari, 
tishlar yaxshi rivojlanmagan bo`ladi. 
Yangi  tug`ilgan  chaqaloqlar  kalla  suyagida  rivojlanishning 


 
61 
birinchi  biriktiruvchi  to`qima  bosqichini  tashkil  etadigan,  liqildoqlar 
bo`ladi: 1) oldingi liqildoq peshona va tepa suyaklar orasida bo`lib, 2 
yoshda  bitib  ketadi;  2)  orqadagi  liqildoq    tepa  va  ensa  suyaklari 
orasida  bo`lib,  2  oylikda  bitib  ketadi;  3)  oldingi  yon        liqildoqlar   
ponasimon  suyak,  peshona  suyagi,  tepa  suyagi  va  chakka  suyaklari 
orasida  joylashib,  2-3  oylikda  bitib  ketadi;  4)  orqadagi  yon  liqildoq 
chakka,  tepa  va  ensa  suyaklari  orasida  joylashib,  2-3  oylikda  bitib 
ketadi. 
Kalla  asosidagi  suyaklar  orasida  tog`ay  moddasi  bo`lib,  bu 
taraqqiyotning tog`ay bosqichini eslatadi. Kallaning o`sishi liqildoqlar 
sohasidagi  biriktiruvchi  to`qima  va  kalla  asosidagi  tog`ay  moddalar 
hisobiga  bo`ladi.  Yangi  tug`ilgan  bolada  kalla  suyaklaridagi 
do`mboqlar, o`siqlar rivojlanmagan bo`ladi. 7 yoshgacha kalla suyagi 
uning  orqa  qismidagi  suyaklar  hisobiga  kattalashadi.  7  yoshdan 
balog`at yoshigacha kallaning miya qismidagi suyaklar, 15 dan 24-26 
yoshgacha  yuz  suyaklari  rivojlanadi.  Keksayib  qolganda  tishlarning 
tushishi hisobiga kalla suyagi o`zgaradi. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling