KALLA SUYAGI SHAKLI
Kalla suyagida tashqi tarafdan katta ko`ringan suyaklarning
ichki qismi bo`shliqdan iborat bo`ladi. Havo saqlaydigan bo`shliqlar
yuqori jag` suyagida; peshona suyagi ichida; asosiy suyak tanasining
ichida g`alvirsimon suyak ichida bo`ladi. Bu bo`shliqlar quyidagi
vazifalarni bajaradi:
1) kalla suyagini yengillashtiradi; 2) burun bo`shlig`iga
ochilganligidan havoni ilitadi; 3) bo`shliqlarning ichki yuzasi shilliq
qavat bilan qoplanganligi uchun havoni changdan tozalaydi va
namlaydi; 4) gapirish jarayonida rezonans hosil etib, tovushni to`g`ri
talaffuz etishda qatnashadi.
Kalla suyagining ichki tuzilishi bosh miya taraqqiyoti bilan
bog`liq bo`ladi. Avval bosh miya taraqqiy etadi. Uning atrofidagi
kalla suyaklarida nervlar, qon tomirlar o`tishi uchun teshiklar va
kanallar hosil bo`ladi. Kallaning yuz qismi taraqqiyoti esa, chaynov va
mimika mushaklarining taraqqiyoti bilan bog`liq bo`ladi. Kalla
suyagining tashqi tuzilishi o`sayotgan sharoitga bog`liq bo`ladi.
Afrikaning ba'zi xalqlari yangi tug`ilgan bolalarni ensa qismiga taxta
qo`yib, peshona suyagi atrofidan boylab qo`yishadi. Natijada kalla
suyagi o`zunlashib, gumbaz shaklida taraqqiy etadi. Kalla suyagining
shakli, odamning aqlli yoki aqli past ekanligini belgilamaydi.
62
Do'stlaringiz bilan baham: |