Yo’nalishi talabalari uchun
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi (1)
SKELET MUSHAKLARI
Mushaklar – mushak tolalaridan hosil bulgan va asosiy vazifasi qisqarish bo`lgan anatomik hosilalar. Mushak to`qimasi katta 64 yoshdagi odamlar og`irligining 28-48% ni, ayollarda 28-32% ni, keksalarda 30% gacha, chaqaloqlarda 20-22% ni, sportchilarda esa 50% dan ko`prog`ini tashkil qiladi. Mushak tolalari tuzilishiga ko`ra silliq va ko`ndalang targ`il mushaklarga bo`linadi. Ko`ndalang targ`il mushaklar esa yurak mushaklari va skelet mushaklari guruhidan hosil bo`ladi. Silliq mushaklar qon-tomir devorlariga, ichki a’zolar devorida (traxeya,bronx, o`pka,oshqozon ichaklarda,ayirish yo`llarida, jinsiy a’zolarda) uchraydi. Ko`ndalang targ`il mushaklarda: skelet mushaklari,ko`zni harakatga keltiradigan mushaklar,yumshoq tanglay mushaklari, halqum, hiqildoq, qizilo`ngachning yuqori qismi to`g`ri ichakning tashqi qismi mushaklariga kiradi. Alohida tuzilishga ega bo`lgan mushak guruhini yurakning ko`ndalang targ`il mushaklari hosil qiladi. Mushaklar biriktiruvchi to`qima bilan o`ralgan mushak tolalaridan hosil bo`ladi. Mushak tolalarini qalinligini o`zgarishi, mushaklar hajmining o`zgarishiga ta’sir qiladi. Yangi tug`ilgan chaqaloqlarda skelet mushak tolalarining qalinligi 7-8 mkm, 2 yoshga 10-14 mkm, 4 yoshga 14-20 mkm, katta odamda 38-80 mkm, sportchilarda 100 mkm bo`ladi. Barcha mushaklar tashqi tomondan fassiya pardasi bilan o`ralgan. Fassiyalar mushaklarni ajratib turadi,mushak qisqarishida yon tarafdagi bosimni oshiradi. Fassiya pardasi har bir mushakdan tashqari mushaklar guruhini ham o`rab turadi. Ular har bir mushakni alohida qisqarishini ta’minlaydi. Mushak fassiyalari alohida mushakni o`rab olishdan tashqari sinergest guruhini o`rab oladi va suyak tomon o`simta chiqarib,suyak bilan birlasha oladigan to`sqini hosil qiladi. Fassiyalar ba’zi bo`g`imlar sohasida qalinlashadi va mushak paylari ustidan keng boylam sifatida o`tadi. Natijada fibroz kanal yoki suyak – fibroz kanali hosil bo`ladi. Bu kanallar ichidan mushak paylari o`tadi. Fibroz boylamlar mushak paylarini siljimay turishini ta’minlaydi. Fibroz kanali ichida sinovial parda bo`lib, pardaning pariental varag`i fibroz pardani ichki yuzasini o`rab olsa visseral varag`i esa mushak fassiyalarining ustki yuzasidan o`tadi. Sinovial parda varaqlari orasida ozgina sinovial suyuqlik bo`lib, mushak paylarining harakatini engillashtiradi. Ko`ndalang – targ`il mushaklarning ko`pchiligida qisqaruvchi go`shtdor qismi qorinchasi bo`lib, mushak uchlarining suyaklarga 65 birikishi sohasi paylari hosil bo`ladi.Agar go`shtdor qismi bir tomonda, pay ikkinchi tarafda bo`lsa bunday mushaklarga bir patli mushaklar deyiladi. Agar odatda pay o`rtada bo`lib, ikki tarafli mushakning go`shtdor qismi bo`lsa, u ikki patli mushaklar deyiladi. Ba’zi mushak paylarining ichida suyaklar taraqqiy etadi. Bunday paylar ichidagi suyaklarga sesamasimon suyak deyiladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling