KO`KRAK MUSHAKLARI
Ko`krak mushaklari taraqqiyoti va bajariladigan vazifasiga
ko`ra ikki guruhga bo`linadi:
1) ko`krakning xususiy mushaklari
2) ko`krakdan boshlanib elka kamariga birikuvchi yuza mushak
Yuza mushaklar
1.Ko`krakning katta mushagi – qo`lni tanaga yaqinlash-tiradi,uni
ichki tarafga buradi,elkani tushiradi,ko`krak qafasini ko`taradi.
2.Ko`krakning kichik mushagi – ko`krak suyagini oldinga va
pastga tortadi, qovurg`alarni ko`tarib,nafas olishga ishtirok etadi.
3.O`mrov osti mushak – o`mrov suyagini pastki va ichki tarafga
tortadi.
4.Oldingi tishsimon mushak – ko`krak suyagini oldinga va yon
tarafga harakatini ta’minlaydi. Qo`lni yuqoriga ko`taradi.
5.Qovurg`alarni ko`taruvchi mushak – umurtqa pog`onasini yon
tarafga buradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |