Mushaklar taraqqiyoti Mushaklar embrionning o`rta – mezoderma qavatidan
rivojlanadi. embrionning 4-5 haftalarida mezodermadan dermatom
qavat ajraydi va qolgan qismiga somitlar deyiladi. Somitlar ham
sklerotom va miotom qavatiga ajraladi. Sklerotomdan skelet suyaklari
taraqqiy etsa,miotomlardan esa ko`ndalang – targ`il mushaklar
rivojlanadi. embrionning bo`yin qismida 8 juft,ko`krakda 12 juft, bel
sohasida 5 juft,dumg`ozada 5 juft, dumda 1 juft miotomlar joylashadi.
embrion taraqqiyotiga dum miotomlari reduktsiyaga uchraydi. Qolgan
har bir miotom tananing orqa va qorin bo`limlariga ajraladi.
Taraqqiyot jarayonida o`z joyida qoladigan mushaklar guruhiga
xususiy autaxton mushaklar deyiladi. Orqaning chuqur guruh
mushaklari, ko`krak qafasining xususiy mushaklari autaxton
mushaklarga misol bo`la oladi. Qorin miotomlarining taraqqiyot
66
jarayonida qo`l yoki oyoqdan tanaga ko`chib qolgan mushaklarga
tanga intiluvchi mushak deyiladi. Qorin miotomlarining taraqqiyoti
jarayonida tanadan va kalladan qo`l yoki oyoq mushaklarining
harakatini ta’minlashga ko`chgan mushaklarga tanadan qochuvchi
mushaklar deyiladi.