OYOQ MUSHAKLARI Oyoq mushaklari – chanoq, son, boldir va panja mushaklariga
bo`linadi.
Chanoq mushaklariga quyidagilar kiradi:
1. Yonbosh bel mushagi – ikki boshchadan tashkil topgan. U
oyoqni chanoq-son bo`g`imida bukadi va tashqi tarafda buradi.
2. Kichik bel mushak – katta bel mushagining ustida joylashadi
va yonbosh mushak fassiyasiga davom etadi. Chanoq suyagidagi
tepalikka tugaydi.
3. Dumbaning katta mushagi – yonbosh suyagining tashqi
yuzasidan,dumg`oza suyagining yon sohasidan boshlanadi. Mushak
tutamlari sonning keng fassiyasiga davom etadi va son suyagidagi
bo`rtig`iga birikadi.
4. Dumbaning o`rta mushagi – yonbosh suyagining tashqi
yuzasidan boshlanib,son suyagi bo`rtig`ining oldingi yuzasiga
birikadi.
5. Yuqorigi va pastki egizak mushagi – u son suyagini tashqi
tarafga buradi.
6. Sonning kvadrat mushagi – nomsiz suyagining bo`rtig`idan
71
boshlanib,son suyagining qirrasiga birikadi.
7. Tashqi yopchiq mushagi – chanoq suyagidagi yopqich
teshigining tashqi yuzasidan boshlanib,son suyagining chuqurchasiga
birikadi.