Oyoq panjasi mushagi
Bu soha mushaklari 2 guruhga bo`linadi:
1) oyoq panjasi yuzasida joylashgan mushaklar;
2) oyoq panjasi ostki mushaklari
Oyoq panjasining ustki yuzasida barmoqlarni yozuvchi kalta
mushak joylashgan. Tovon suyagining ustki yuzasidan boshlanib, I-IV
barmoqlarning ustki yuzasiga birikadi.
1. Bosh barmoqni bukuvchi kalta mushak – ponasimon
suyakdan boshlanib, bosh barmoqning proksimal falangasiga birikadi.
2. Kichik barmoqni bukuvchi kalta mushak – V kaft suyagining
asosidan boshlanib,kichik barmoq proksimal falanga suyagiga
birikadi.
3. Barmoqlarni bukuvchi kalta mushak – tovon suyagi
bo`rtig`idan boshlanib, II-V barmoqlarning o`rta falangasiga birikadi.
4. Oyoq kafti kvadrat mushagi – tovon suyagidan boshlanib,
barmoqlarni bukuvchi uzun mushak payiga birikadi.
5. Barmoqlarni yozuvchi kalta mushak – tovon suyagining ustki
yuzasidan boshlanib, 2-4 barmoqlarning distal falangasining ustki
yuzasiga birikadi.
6. Bosh barmoqni yozuvchi kalta mushak – tovon suyagining
ustki lateral yuzasidan boshlanib,bosh barmoqning distal falangasiga
birikadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |