Yo‘naltirilayotgan xarajatlar hajmi nafaqat to‘rg‘idan to‘g‘ri iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ta’sir ko‘rsatadi


budjetdan tashqari mablag`lar yuzasidan tashkil bo`lish manbalari


Download 22.35 Kb.
bet2/3
Sana08.02.2023
Hajmi22.35 Kb.
#1177602
1   2   3
Bog'liq
davlat byudjeti 10-13

budjetdan tashqari mablag`lar yuzasidan tashkil bo`lish manbalari va foydalanish yo`nalishlari ko`rsatilgan holda budjetdan tashqari mablag`lar bo`yicha smetalar doirasida xarajatlarni amalga oshiradi. Oxirgi yillarda davlat moliyasini isloh qilish loyihasini amalga oshirish doirasida so`nggi natijaga yo`naltirilgan budjetlashtirish tamoyillarining joriy qilinishi, budjetining g`azna ijrosiga o`tilishi, o`rta muddatli budjet istiqbollarini belgilash siyosatining ilgari surilishi, davlat hamda budjet siyosatidagi boshqa o`zgarishlarning amalga oshirilishi budjet tashkilotlarida o`z xarajatlarini aniqlash va smetalarni ishlab chiqish, budjetdan tashqari mablag`larni safarbar qilish tartiblarini takomillashtirishni talab etmoqda.
O‟zbekiston Respublikasi davlat sektorida buxgalteriya hisobi va hisobotini takomillashtirish Budjet tizimida amalga oshirilayotgan islohatlarni asosiy yo‟nalishlaridan biri sifatida belgilandi va kontseptsiya qabul qilindi. Kontseptsiyaga ko‟ra Budjet hisobi standartlarini qabul qilish belgilandi.
12. Oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilariga ustamalar belgilash va
to'lash tartibi.
Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.Hujjat bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.Unga ko‘ra, OTMlarning professor-o‘qituvchilarini va boshqa toifadagi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish pul mukofotlari ko‘rinishida OTM budjetidan tashqari mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.Pul mukofotlari har bir xodimning mehnat faoliyatida yuqori ijodiy va ishlab chiqarishdagi erishgan yutuqlari, OTM faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun OTM rahbariyati tomonidan asosiy ish haqiga ustama va qo‘shimcha haqlar belgilash orqali beriladi.Moddiy rag‘batlantirish nafaqat bir xodim uchun, balki OTM rahbariyati yoki boshqa boshqaruv organlari tomonidan jamoatchilik ishlarini bajargan butun bir jamoa, kafedra, fakultet, ilmiy laboratoriya va boshqa bo‘linmalar xodimlariga ham berilishi mumkin.Professor-o‘qituvchilarga ish haqi uchun ustama haq va qo‘shimcha haqlar Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 5-iyuldagi 236-son qarori 6-bandiga muvofiq budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan bir oylik maoshgacha bo‘lgan miqdorda tabaqalangan holda belgilanadi.OTMning boshqa toifadagi xodimlariga esa — OTM kasaba uyushmasi tashkilotining tavsiyasiga ko‘ra oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilanadigan miqdorlarda to‘lanadi.O‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchi va xodimlarga ustamalar hamda moddiy rag‘batlantirish turlari va miqdorlari moliyaviy imkoniyatdan kelib chiqib, mustaqil belgilanadi.Ustama haqlarini qat’iy mezonlarga muvofiq belgilash va to‘lash uchun javobgarlik OTM rahbari zimmasiga yuklanadi.OTM rahbariyatiga bajarilgan ishlar va erishilgan natijalar to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etgan xodimlar moddiy rag‘batlantirilmaydi.

13.Budjet lizimi budjetlarining g'аzпа ijrosi sharoitida budjet tashkilotlari xarajatlari to' lovini amalga oshirish.


Budjetdan mablag’ oluvchilar bilan etkazib beruvchilar o’rtasidatuziladigan shartnomalar tegishli moliya organlarida majburiy ro’yxatdan o’tkazilib, ularga tegishli raqamlar berilishi va ro’yxatdan o’tkazish sanasi ko’rsatilishi kerak.
Download 22.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling