Yondashuvlar


Innovatsiyalarning hayotiy sikli


Download 40.15 Kb.
bet3/5
Sana02.11.2023
Hajmi40.15 Kb.
#1740961
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maqola

Innovatsiyalarning hayotiy sikli
G‘.A.Samatov esa “Zamonaviy innovatsion tizimning asosi: katta sanoat korporatsiyalari bo‘lib, ularning innovatsion faoliyatini bilim talab sanoat va innovatsion tovarlar bozorini shakllantirish, kadrlar tayyorlash davlat tizimi va intellektual mahsulotlarni tijoratlashtirishni rag‘batlantirish, turli sohalarda biznes tuzilmalar, yangi texnologiyalar va mahsulotlar yaratishdan iborat”[3] M.A.Ikramovning fikriga ko‘ra “...innovatsion rivojlanish modeliga o‘tishning asosiy vazifalaridan biri innovatsiyalarga bo‘lgan talabni yaratish bo‘yicha bo‘lishi kerak, shu jumladan milliy iqtisodiyotning barsha darajadagi xo‘jalik yurituvshi sub’ektlar ham o‘z ishiga olish kerak”[3]. O.E.Ernazarovning yondashuviga ko‘ra “Innovatsion-investitsion faoliyat - bu yangi g‘oyalar, kashfiyotlar, ixtirolardan foydalanishga, investitsiyalardan foydalanib, ratsionallashtirishga asoslangan innovatsiyalarni joriy etishga qaratilgan kishilarning tizimli faoliyatidir. Bunda tadqiqotlarni moliyalashtirish, marketing, ishlab chiqarish va innovatsiyalarni joriy etish rejalari ishlab chiqiladi”[4]
G.J.Xasanovaning fikrisha, “Innovatsiya faoliyati” - bu faoliyat turi ham, sohasi ham bo‘lmay, balki uning tavsifidir. Innovatsiya sohasi mavjud bo‘lmaydi, shunki har qanday faoliyat va har qanday soha, agar unga yuqori talab mavjudligi bilan ajralib turuvshi natijaga (masalan, ijtimoiy, bozor, mudofaa kabi) erishishi uchun yangiliklar (masalan, bilimlar, texnologiyalar, qo‘llanmalar, yondashuvlar kabilar) joriy etilsa, innovatsiya bo‘lishi mumkin”[5] deb ta’kidlagan.
Innovatsion faoliyat ma’lum bir boshqaruv mexanizmiga asoslangandagina muvaffaqiyat qozona oladi. O‘zbekistonda texnologiyalarni raqamli iqtisodiyot sharoitida tijoratlashtirishga yordam beradigan innovatsion-investitsion infratuzilmani shakllantirishning me’yorlari hali to‘liqligisha milliy darajada shakllanmagan va uni yaratish turli tavsiyalar bilan tartibga solish ko‘zda tutilgan.
Shunday qilib, innovatsion faoliyatni ma’lum bir iqtisodiy mexanizmga asoslanishi haqidagi yondashuv asosli hisoblanadi.

Download 40.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling