Yondashuvlar


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR


Download 40.15 Kb.
bet2/5
Sana02.11.2023
Hajmi40.15 Kb.
#1740961
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maqola

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Sooke Ian, Mayers P - innovatsiya bu g‘oyadan tortib to bozorda realizatsiya qilinadigan tayyor mahsulotgasha bo‘lgan barsha jarayonlardir[1].
Medinskiy V.D va Ildemenov S.V ta’rifiga ko’ra innovatsiya bu ishlab chiqarishga joriy etilgan ilmiy tadqiqotlar natijasi yoki turdoshlaridan tubdan farq qiladigan kashfiyotlardir[2].
Shuningdek Bolshakov A.S. esa innovatsiyani bu bozorda realizatsiya qilinadigan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot shuningdek, amaliyotda foydalaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonlar shaklida kirib borgan ijodiy faoliyatning pirovard natijasidir deya ta’riflagan[1].
Jumladan, Rossiyalik iqtisodshi-olim Balabanov I.T. fikriga ko‘ra: “innovatsiya-nazorat, hisob, rejalashtirish usuli, tahlilga qabul qilishning yangi shakllarini qamrab olgan holda yangi texnika va texnologiyaga, ishlab chiqarish, mehnat, xizmat ko‘rsatish, boshqarishni tashkil etishning yangi shakliga kapitalni kiritishdan olingan moddiylashgan natijani o‘zida namoyon etadi”[1].
Shuningdek, Borisov A.B. innovatsiyalarni quyidagisha ta’riflaydi: “innovatsiya texnologiyalarning yangi turlarini ishlab chiqish, yaratish va tarqatish, yangi tashkiliy shakllarni joriy etishga qaratilgan ijoiy faoliyat natijasini anglatadi”[2].
V.G.Medinskiy olib borgan izlanishlari asosida quyidagi xulosaga kelgan: “innovatsiya sifatida olib borilgan ilmiy-tadqiqot yoki avvalgiga o‘xshash turidan sifat jihatdan farq qiluvshi yangisining yaratilishi natijasida ishlab chiqarishga joriy etilgan ob’ekt tuchuniladi”[5].
Rossiyalik olimlaridan V.V.Glushenko, I.I.Glushenkolarning mazkur atamaga bergan ta’riflari quyidagisha: “Innovatsiya - tovarlar, xizmatlar va texnologiyalarning firma darajasidagi tashkiliy shakllarning yangi turlarini ishlab chiqish, tayyorlash va tarqatishga yo‘naltirilgan ijodiy va investitsion faoliyat natijasi”[2].
Xorijiy mamlakatlar tajribasini atroflicha tadqiq etgan iqtisodchi
olimlardan professor A.V.Vahobov innovatsiyalarning texnologik rivojlanish va iqtisodiy o‘sishga ta’siriga e’tibor qaratib, “Innovatsion faoliyatdagi eng muhim masala - yangi texnologiyalarning alohida mamlakat iqtisodiy o‘sishiga qo‘shgan ulushini aniqlashdir. Texnologik rivojlanish va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi ijobiy bog‘liqlik neoklassik o‘sish omillaridan biri bo‘lgan ekzogen texnik rivojlanish modeli orqali isbotlangan”, deb ta’kidlaydi[6].
Shuni aloxida ta’kidlash kerakki hech qanday inovatsiya tegishli investitsiyalarsiz joriy qilinishi mumkin emas. Innovatsiyalarni ishlab chiqish yuqori xatarli jarayon bo‘lganligi sababli aniq inovatsiyani investitsiyalashning maqsadga muvofiqligini asoslash muhim ahamiyat kasb etadi.
NATIJALAR
Innovatsiya mohiyatiga ko‘ra innovatsion jarayon tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq. Ko‘pchilik tadqiqotchilar yangi g‘oya, bilim va takliflarning innovatsiyaga aylanish jarayonini innovatsion faoliyat sifatida baholaydilar. Innovatsion jarayon innovatsiyalarning bozorga tadbiq qilinishi bilan tugamaydi, negaki diffuziya natijasida innovatsiya ham takomillashib boradi, yangi iste’mol xususiyatlariga ega bo‘ladi. Aynan mana shu tafovut innovatsion faoliyatni ilmiy texnik taraqqiyotdan ajratib turadi. Innovatsion jarayonning uchta tarkibiy qismlari mavjud bo‘lib, ular o‘z navbatida to‘liq bir siklni bosib o‘tadi: novatsiya, innovatsiya (novatsiyalarning amaliy faoliyatga tadbiq etilishi), innovatsiyalar diffuziyasi[4].
Biroq ushbu innovatsion jarayonning tarkibiy qismlari tasnifi birmuncha eskirgan bo‘lib, bugungi kunda quyidagi bosqichlardan tashkil topishini ko‘rishimiz mumkin


Download 40.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling