Yondashuvlar
Download 40.15 Kb.
|
Maqola
MUHOKAMA
Innovatsion faoliyat tadqiqot ob’ekti sifatida juda keng qamrovga ega, murakkab va turli jarayonlar va voqealarni qamrab oladi. Innovatsion jarayonning asosini mahsulotning yangi sikli tashkil etadi: yangi g‘oya paydo bo‘lgandan boshlab, iste’molchining amalda foydalanishigacha. Sanoat korxonalarida amalga oshiriladigan innovatsion faoliyatning murakkab ko‘p tomonlama kategoriyasi sifatida uchta jihatini ko‘rib chiqish mumkin: - bir vaqtning o‘zida ketma-ket ilmiy tadqiqot, ilmiy texnik, innovatsion, ishlab chiqarish faoliyati va marketing yo‘nalishida amalga oshirish; - yangilikning zaruriy davrining vaqtinchalik bosqichi sifatida g‘oya paydo bo‘lgandan boshlab, uning ishlashi va tarqalishigacha; - moliyalash va sarmoya qo‘yish jarayoni sifatida mahsulotlar va xizmatlarning yangi turi ishlashi va tarqalishi. Bunday hollarda u innovatsion loyiha sifatida innovatsion loyihaning xo‘jalik amaliyotida keng tarqalishi hodisasi sifatida yuzaga keladi. Bizning fikrimizsha, innovatsion faoliyatni amalga oshirish mexanizmi - bu maqsadli harakatlar tizimi, g‘oyalarni shakllantirish, innovatsion g‘oyalar va investitsion imkoniyatlarni o‘rganish, shuningdek, innovatsion loyihani amalga oshirishni ta’minlovshi ishtirokshilar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik shakli bo‘lgan iqtisodiy mexanizmning alohida turidir. Innovatsion faoliyatni amalga oshirish mexanizmi tuzilmasida biz quyidagi quyi tizimlarni ajratib ko‘rsatishni taklif qilamiz: Innovatsiyalarni tartibga solishning bozor mexanizmi faoliyati; Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish; Korxonaning innovatsion faoliyatini amalga oshirishning ichki mexanizmi. Innovatsion faoliyatni tartibga solishning bozor mexanizmi bizning fikrimizcha, birinshi navbatda, innovatsion va investitsion resurslarga bo‘lgan talab va taklifni o‘rganish mexanizmini tuchunish lozim. Kapital qo‘yish ob’ektlarini tanlashda mablag‘larni investitsiya qilish xavfi va olingan daromadning nisbati investorlarning manfaatlari tomonga hal qiluvshi ta’sirni o‘tkazadi. Shuni ta’kidlash kerakki, amalda innovatsion-investitsion loyihalarni amalga oshirishning haqiqiy rentabelligi uning prognoz qilingan qiymatiga kamdan-kam hollarda to‘g‘ri keladi. Demak, innovatsion loyihaning rentabelligini ishonchli va to‘g‘ri aniqlash muammosi moliyaviy investitsiyalarga qaraganda ansha dolzarbdir. Investitsiyalar investitsiya qilingan kapitalning maqbul daromadini va minimal tashqi risklarini ta’minlaydigan mamlakatlar va tarmoqlarga o‘tkaziladi. Investorlar innovatsion loyihalarga sarmoya kiritishda siyosiy risklarni baholashga alohida e’tibor berishadi. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish, davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘lib quyidagilardan iborat: davlat tomonidan investitsiyalar uchun real imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratish, investitsiya bozorini va unda davlatning faol ishtirokini rag‘batlantirish, shuningdek innovatsion loyihalarni amalga oshirish jarayonini boshqarish bo‘yisha maxsus organlardan foydalanish. Davlat ta’siri shakllarini ushta ta’sir yo‘nalishiga bo‘lish mumkin: huquqiy, ma’muriy va iqtisodiy. Huquqiy tartibga solish vositalariga innovatsiyalarni yaratishda ishtirok etuvchi tashkilotlar faoliyatini, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvshi hujjatlarni ishlab shiqish, qabul qilish va e’lon qilish kiradi. Shu bilan birga, korxona va tashkilotlarning innovatsion faoliyatini amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini tahlil qilish va nazorat qilish masalalari bilan shug‘ullanuvshi maxsus bo‘linmalarni tashkil etish yoki mavjudlarini takomillashtirish zarur. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda innovatsion-investitsion faoliyat ma’lum bir qonunchilik bazasi bilan tartibga solinmaydi. Bundan tashqari, investitsiya sohasiga nafaqat bevosita “innovatsion-investitsion faoliyat” bilan bog‘liq bo‘lgan qonunlar, balki rasmiy ravishda ushbu sohaga tegishli bo‘lmagan qonunlar ham ta’sir qiladi. Bundan tashqari, davlat organlari tomonidan innovatsion-investitsion faoliyatni tartibga solishning bir qator ma’muriy usullari ishlab chiqilgan - ro‘yxatga olish, litsenziyalash, kvotalar, imtiyozlar, preferensiyalar, sheklovlar tizimidan foydalanish va boshqalar. Davlatning byudjet-soliq va pul-kredit siyosati innovatsiyalar va investitsiyalarga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Chunki ular daromadlar va xarajatlarni tartibga solib turadi. Byudjet, soliq qonunchiligi va kreditlash mexanizmi, maxsus soliq rejimlari, imtiyozlar, bojlar, ssudalarning marjinal foiz stavkalarini o‘rnatish, amortizatsiya siyosatini tartibga solib boradi. Davlatning investitsion siyosatida investitsiyalarning samaradorlik me’yorlarini va ularni qoplash muddatini asoslashga muhim o‘rin berilishi kerak. Afsuski, korxonalarning innovatsion faoliyatini davlat tomonidan boshqarish mexanizmi hali qonuniy to‘liq rivojlanmagan. Innovatsion-investitsion faoliyatni amalga oshirishning ichki mexanizmi korxona doirasida shakllanadi va uning rahbariyatiga nafaqat innovatsion-investitsion strategiyasini, balki korxonani iqtisodiy o‘sishining umumiy strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini beradi. Korxonalarning innovatsion faoliyatni amalga oshirish jarayonida keng ko‘lamli usullar tizimiga asoslangan boshqaruvning asosiy funksiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir, ular yordamida korxona kerakli natijalarga erishadi. XULOSA Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki., innovatsiya, fan va texnikaning bugungi kundagi yangi texnologiya, mahsulot, axborot va kommunikatsiiya vostalarida, texnik va tashkiliy boshqarishning yangi usullarida, yangi xizmat turlarida gavdalangan yutug‘idir. Bizning fikrimizsha, innovatsion faoliyatni amalga oshirish mexanizmi - bu maqsadli harakatlar tizimi, g‘oyalarni shakllantirish, innovatsion g‘oyalar va investitsion imkoniyatlarni o‘rganish, shuningdek, innovatsion loyihani amalga oshirishni ta’minlovshi ishtirokshilar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik shakli bo‘lgan iqtisodiy mexanizmning alohida turidir. Download 40.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling