Yong'in xavfsizligi


I - darajali o‘tga chidamli binolarga - yuk ko‘taruvchi devorlari temir-beton, beton, tabiiy va sun'iy toshlardan va boshqa olovda yonmaydigan ashyolardan qurilgan inshootlar kiradi


Download 0.68 Mb.
bet7/9
Sana17.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1522090
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KeDT7N6GoBxggGlvAsQZ9dLpLqK51TBni0oBzDSp

I - darajali o‘tga chidamli binolarga - yuk ko‘taruvchi devorlari temir-beton, beton, tabiiy va sun'iy toshlardan va boshqa olovda yonmaydigan ashyolardan qurilgan inshootlar kiradi.

  • I - darajali o‘tga chidamli binolarga - yuk ko‘taruvchi devorlari temir-beton, beton, tabiiy va sun'iy toshlardan va boshqa olovda yonmaydigan ashyolardan qurilgan inshootlar kiradi.
  • II - darajali o‘tga chidamli inshootlarga ham birinchi toifadagi bino va inshootlar kiradi, faqat farqi shundaki, bularning tomini yopishda himoyalanmagan metall qurilmalar ishlatilishi ruxsat etiladi.
  • III - darajali o‘tga chidamli inshootlarga yuk ko‘taruvchi devorlari temir-beton, beton, tabiiy va sun'iy tosh ashyolardan qurilgan inshootlar kiradi. Bularda tomyopgich qurilmalarini qiyin yonadigan ashyolardan shuvoq, metall tunukalar yoki azbest plitkalar bilan himoyalash ruxsat etiladi.
  • IV - darajali o‘tga chidamli inshootlarga yuk ko‘taruvchi devorlari va tomyopgich qurilmalari yaxlit yoki yelimlangan yog‘ochlardan va yonadigan yoki yonmaydigan ashyolardan qurilib, suvoq yoki azbest plitalari bilan himoyalangan inshootlar kiradi.
  • V - darajali o‘tga chidamli inshootlarga devorlari va boshqa qurilmalariga o‘tga chidamlilik bo'yicha talablar qo‘yilmaydigan barcha inshootlar kiradi.

Yong‘in yuz berganda odamlar evakuatsiyasi

Majburiy evakuatsiya jarayoni ikkita yoki to‘rtta pog‘onada o‘tkaziladi:

  • Birinchi pog‘ona - bu binoning oxirgi qavatida joylashgan barcha xonalarda odamlarning yo‘lakka chiqish harakatidir.
  • Ikkinchi pog‘onaga odamlarning xonaning chiqish eshigidan to zinapoyagacha bo'lgan masofani bosib o‘tishi uchun mo‘ljallangan harakati kiradi. Bunda harakatlanuvchi oqim yo‘lak bo‘ylab o‘tadi. Agar bino bir qavatli bo'lsa, evakuatsiya ikkinchi pog‘onadan so‘ng tugashi mumkin.
  • Uchinchi pog‘onaga odamlarning yuqori qavatning zinapoyaga kelishidan to birinchi qavatdagi zinapoyadan chiqish eshigigacha bo'lgan masofani bosib o‘tish uchun qilingan harakati kiradi.
  • To‘rtinchi pog‘onaga odamlarning zinapoyadan tushgandan keyin ayvon va yo‘laklar orqali tashqariga chiqish eshigigacha bo'lgan masofani bosib o‘tishiga qaratilgan harakati kiradi. Sanoat korxonalari, bino va inshootlarda odamlarning harakatlanib yurishi, yordamchi vazifalar kiradi va uni amalga oshirish uchun maxsus maydonlar (yo‘laklar, zinapoyalar, kirish va chiqish joylari) ajratiladi.


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling