Yong’inning oldini olish uni o’chirishdan oson! Yong’inni oldini olish uchun quyidagi qoidalarga rioya qiling


Download 172.15 Kb.
bet3/3
Sana02.04.2023
Hajmi172.15 Kb.
#1321109
1   2   3
Bog'liq
YONG`IN

Ichki o’t o’chirish jo’mraklari
Ichki o’t o’chirish jo’mraklari

Ishlatish tartibi:

  • Quti eshigini och;

  • O’t o’chirish yengini olov yonayotgan tomonga yoy;

  • Kranni soat strelkasiga teskari yo’nalishda burab och;

  • Dastakni olov yonayotgan tomonga qaratib, uni o’chir.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan gaz-havo aralashmasining chaqnashi, yong‘in hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida, quyidagilarga rioya qilishingizni so‘rab qoladi:

➖ Gaz va muqobil yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin neft mahsulotlari va boshqalar) turlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya eting;


➖ Agar xonada gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan foydalanmang, darhol xonani shamollatish chorasini ko‘ring;
➖ Tezda gazni o‘chiring va derazalarni oching;
➖ Yorituvchi hamda boshqa elektr asboblarini yoqmang yoki yoniq bo‘lsa o‘chirmang;
➖ Gazni yoqishdan oldin gorelkaga gugurt tutib, shundan keyingina gazni oching.
➖ Nostandart (qo‘lbola yasalgan) yoki sertifikatga ega bo‘lmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanmang;
➖ Isitish pechlari dudburonlarining toza va soz holatda bo‘lishini ta'minlang;
➖ Gaz yoki boshqa muqobil yoqilg‘iga moslashtirilgan isitish pechlari hamda suyultirilgan uglevodorod gaz balonlarini (anjomlari)ni dam olish (uxlash) xonalariga olib kirmang;
➖ Oshxonada o‘rnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalaridan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;
➖ Xonalarni isitishda ochiq olov (ko‘mir va o‘tin cho‘g‘lari)dan foydalanmang;
➖ Havoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni ochiq va ishchi holatda bo‘lishini ta'minlang;
➖ Uyingizga kelgan FVV, “Hududgazta'minoti” xodimlari tavsiyalariga rioya qiling.

Agarda gaz plitada nosozlik aniqlansa bu haqda “104” raqami orqali gaz avariya xizmatiga, yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda, yong‘in-qutqaruv xizmatining “101” telefon raqamiga xabar bering.


Siz bu qoidalarga amal qilish bilan o‘zingiz va yaqinlaringizni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalardan asragan bo‘lasiz!
Download 172.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling