Yonilg„i hamda qo„shimcha yoritgichlardan foydalanishga bo„ladigan xarajatlarni
O„zbekistonda himoya qilinagn joy sabzavotchiligining qisqacha tarixi, ahvoli
Download 332.64 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza (1)
O„zbekistonda himoya qilinagn joy sabzavotchiligining qisqacha tarixi, ahvoli
va rivojlanishi. O„zbekistonda himoya qilingan joy maydonlarini o„sishi 60 yillarning oxiriga to„g„ri keladi. Bu davrgacha O„zbekistonda himoya qilingan joy maydonlari juda kam edi. Qishki issiqxonalar umuman yo„q darajada, faqat ko„chat yetishtirish uchun parniklar mavjud edi. 60 yillardan boshlab zamonaviy issiqxonalarni yaratish va ularni qurish yig„ma metall konstruktsiyalarni maxsus zavodda tayyorlash, kimyo sanoatida esa yorug„lik o„tkazuvchi materiallarni ishlab chiqarish keng yo„lga qo„yilgandan so„ng o„simlik o„stiriladigan inshootlarni maydoni yildan-yilga ortib bordi. 1965 yili respublikada atigi 3,7 ga qishki issiqxonalar 24,4 ga parnik bor edi. 1970 yilga kelib himoyalangan joy maydoni 424,4 ga.ni (1965 yilda 28,1 ga) shu jumladan qishki issiqxonalar 66,6 ga.ni vaqtincha plenka bilan qoplangan qurilmalar maydoni 351 ga.ni tashkil qildi. Keyinchalik himoyalangan yer maydonlari tez suratlar bilan ortib bordi va 1980 yilga kelib ularni maydoni 1326 ga.ni, shu jumladan oynavand issiqxonalar 227,4 ga.ni, plenkali issiqxonalar 43,3 ga.ni, parniklar 30,4 ga.ni va vaqtincha plenka bilan qoplangan qurilmalar 1068 ga.ni tashkil qildi. Keyingi yillarda ularni maydonini 2,0-2,3 barobar oshirish masalasi qo„yilgan edi. Bunda issiqxonalar maydonini 1070 ga.ga, shu jumladan oynavand issiqxonalarni esa 500 ga, vaqtincha plenka bilan qoplangan maydonlarni 1800 ga yetkazish ko„zda tutilgan edi. Hozirgi vaqtda respublikada himoyalangan yer maydoni 3050 ga.ni tashkil qildi. Shundan oynavand issiqxonalar 500 ga.ni plenkali issiqxonalar, 750 ga.ni, vaqtincha plenka bilan qoplangan qurilmalar 1770 ga.ni tashkil qiladi. Parniklarni maydoni yildan yilga kamaymoqda. Bunga asosiy sabab ulardan foydalanishga sarflanadigan harajatlar boshqa inshootlarga qaraganda ancha ko„pligidir. Oxiri yillarda O„zbekistonda himoyalangan yerlarda 50 ming tonnadan ortiq sabzavot mahsulotlari yetishtirilmoqda. Ularning 60 % vaqtincha plenka bilan qoplangan qurilmalar yetishtiriladi. Respublikada himoyalangan yer inshootlarining asosiy maydoni Toshkent viloyatida joylashgan bo„lib, Samarqand, Jizzax, Buxoro va Namangan viloyatlarida ham sabzavotchiligini rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Tibbiyot korxonalarining tavsiyalariga ko„ra O„zbekiston sharoitida aholi jon boshiga 7,6 kg, shundan 4,1 kg pomidor, 3,3 kg bodring va 0,2 kg ko„kat sabzavotlarni mavsumdan tashqari davrlarda iste‟mol qilish lozimligi ta‟kidlangan. 1980 yilda O„z-bekistonda har bir jon boshiga 2,8 kg sabzavot to„g„ri kelgan. Hozirgi vaqtda ularni iste‟mol qilish me‟yori 3,0-3,5 kg.ga to„g„ri keladi. Shu boisdan aholini mavsumdan tashqari davrlarda sabzavot mahsulotlari bilan to„la ta‟minlash maqsadida respublikada himoya qilingan yer may donlarini 2,0-2,5 barobarga kengaytirish, hosildorlikni oshirish. Inshootlar maydonidan unumli foydalanish, mavjud himoyalangan yer inshootlarini qayta kirib yangilash, issiqxona xo„jaliklarini markazlashtirish va ixtisoslashtirish, sabzavot va ko„chat yetishtirishni keng sanoat asosida o„tkazish, yangi zamonaviy texnologiyalar va navlarni ishlab chiqarishga joriy etish, sabzavot xillarini ko„paytirish hamda mahsulotlarni ishlab chiqarishga sarflanadigan harajatlarini kamaytirish vazifalari qo„yilgan. Download 332.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling