Yonilg„i hamda qo„shimcha yoritgichlardan foydalanishga bo„ladigan xarajatlarni
Chet davlatlarda himoya qilingan joy ahvoli
Download 332.64 Kb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza (1)
Chet davlatlarda himoya qilingan joy ahvoli. Himoyalangan joy sabzavotchiligi keng rivojlanagan ko„pchilik davlatlarda bu tarmoqni rivojlantirishga katta e‟tibor berilmoqda. Bu davlatlarda himoyalangan joy maydoni yildan-yilga kengayib borishiga qaramasdan bu tarmoqda mexanizatsiya va avtomatlashtirish, yangi eng zamonaviy texnologiyalarni joriy etish tez yo„lga qo„yilmoqda. Dunyoda himoyalangan joy maydoni oxirigi o„n yilda salkam ikki barobarga oshdi. Ma‟lumotlarga qaraganda himoyalangan joy keng rivojlangan 24 mamlakatlarda ekin o„stiriladigan inshootlarning maydoni 1980 yilga kelib 180 ming.ga.ni, oynavand issiqxonalar maydoni esa 120 ming ga.ni tashkil qilgan edi. Ekin o„stiriladigan inshootlarni kengaytirish rivoj-langan mamlakatlarida uchta yo„nalish bo„yicha olib borilmoqda. 1) Ko‘proq oynavand issiqxonalarni qurish (Niderlandiya, Germaniya, Angliya, Belgiya, Daniya, SHvetsiya, Norvegiya, Finlandiya, Avstriya). 2) 2) Bir yo‘la hamma turdagi inshootlarni, oynavand plenkali issiqxonalar va plenkali yarim yoy qurilmalar qurish (AQSH, Italiya, Frantsiya, Ruminiya, Bolgariya, Vengriya). 3) Ko‘proq plenkali issiqxonalar va vaqtincha qoplamali yarim yoy qurilmalarni qurish (YAponiya, YUgoslaviya, Gretsiya, Isroil). Himoya qilingan joy sabzavotchiligi juda keng rivojlangan davlatlar qatoriga Gollandiya kiradi. Bu yerda dunyo bo„yicha oynavand issiqxonalar maydoni eng katta bo„lib ishlab chiqarish jarayonlari yuqori darajada mexanizatsiyalashgan, mikroiqlim sharoitlarini ta‟minlash avtomatlashtirilgan. 80 % yetishtirilgan mahsulot chetga eksport qilinadi. Himoya qilingan joy maydoni katta bo„lgan rivojlangan davlatlar qatoriga Gollandiyadan so„ng Germaniya, Angliya, Italiya, Frantsiya va Bolgariya kiradi. Himoyalangan joy sabzavotchiligida polimer plenkalar juda keng qo„llaniladigan davlatlarga YAponiya Isroil kiradi. Ularda vaqtincha plenka bilan qoplangan qurilmalarning maydoni 1977 yilning o„zida 51,2 ming gektarni plenkali issiqxonalar esa 22 ming gektarni tashkil qilgan. Hozirgi vaqtda ularning maydoni yana ham oshib ketgan. Savollar: 1. Himoya qilingan yer sabzavotchiligining ahamiyati, vazifasi nimadan iborat? 2. Himoya qilingan yer sabzavotchiligi qanday xususiyatlari bilan farqlanadi? 3. O„zbekistonda himoya qilingan yer maydoni va yetishtirilgan mahsulotlar salmog„i? 4. Qaysi davlatlarda himoyalangan joy sabzavotchiligi keng rivojlangan? Download 332.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling