Yonilg„i hamda qo„shimcha yoritgichlardan foydalanishga bo„ladigan xarajatlarni


-Mavzu: Fanini o„qitishdan maqsad.Himoyalingan joy inshoatlarini


Download 332.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi332.64 Kb.
#1581722
1   2   3   4
Bog'liq
1-ma\'ruza (1)

 
1-Mavzu: Fanini o„qitishdan maqsad.Himoyalingan joy inshoatlarini
ahamiyati, vazifalari, xususiyatlari, turlari xozirgi ahvoli va rivojlanishi. 
Reja: 
1. Himoya qilingan joy sabzavotchiligi, uni ahamiyati, vazifasi va xususiyatlari. 
2. O„zbekistonda himoya qilingan joy sabzavotchiligining qisqacha tarixi, hozirgi 
ahvoli va rivojlanishi. 
3. Chet davlatlarda himoya qilingan joy sabzavotchiligi. 
 
1.Himoya qilingan yer sabzavotchiligi, uni ahamiyati, vazifasi va 
xususiyatlari. O„zbekiston respublikasi qishloq xo„jaligini rivojlantirish borasida 
olib boralayotgan islohotlarini amalga oshirishda, aholini meva-sabzavot va boshqa 
ozuq-ovqat mahsulotlari bilan ta‟minlash, qayta ishlash korxonalarini xom ashyoga 
bo„lgan talablarini to„la qondiradigan darajada ishlab chiqarish va yetishtirilgan bir 
qism mahsulot-larni chetga eksport qilish masalasiga katta e‟tibor qaratilgan. 


Shu boisdan Respublikada 1998-2000 yillardagi davrda qishloq xo„jaligida 
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturida 2000 yilda barcha toifadagi 
xo„jaliklarda sabzavot va poliz mahsulotlarini 4,0 mln.tonnaga yetkazish, 1997 
yilga nisbatan o„sishni 45 % ga oshirish, aholini yil davomida yangi vitaminga boy 
sabzavot mahsulotlari bilan uzluksiz ta‟minlash, ochiq yerga ko„chat yetkazib 
berish maqsadida himoya qilingan yer inshootlari va issiqxona xo„jaliklari 
maydonini kengaytirish vazifalari qo„yilgan. 
Himoya qilingan yerlarda sabzavot ko„chati va sabzavot yetishtirish va 
aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari bilan ta‟minlash uchun bo„lajak 
mutaxassislar ekin o„stiriladigan inshootlarni turlari, tuzilishi, konstruktiv 
elementlari, ularni qurinishidagi na‟munaviy loyixalar, yorug„lik o„tkazuvchan 
materiallar, isitish usullari, sistemalari hamda inshootlardan foydalanish kabi 
masalalarni o„rganishlari lozim. 
Himoya qilingan yer deganda - ochiq yerda o„simliklarni mavsumdan 
tashqari davrlarda yetishtirish uchun sun‟iy mikroiqlim sharoitlarini yaratib yoki 
tabiiy mikroiqlim sharoitlarini yaxshilash maqsadida jihozlanib qurilgan inshootlar 
va ochiq yerdagi qurilmalar tushuniladi. 
Himoyalangan yerlar xalq xo„jaligining ko„pchilik tarmoqlarida 
foydalaniladi. Uni meva (ayniqsa tsitrus va subtropik ekinlarni) rezavor va uzum, 
ko„chat yetishtirishda, tezpishar vitaminga boy o„simliklar va suv o„tlarini 
(xlorella) yetishtirishda va boshqa soxalarda qo„llaniladi. Lekin sabzavotchilik 
tarmog„ida u juda keng tarqalgan. Sabzavotlarni ekin o„stiriladigan inshootlarda 
yetishtirish himoyalangan joy sabzavotchiligi deb yuritiladi. 
Himoyalangan joy sabzavotchiligi ochiq yer sabzavotchiligi tarmog„ining bir 
shakli, yo„nalishi hisoblanadi. Uning vazifasi quyidagi asosiy masalalarni 
yechishga yo„naltiriladi: 
1. Mavsumdan tashqari davrlarda sabzavotlarni ishlab chiqarish va aholini 
sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlash; 
2. Himoyalangan inshootlarda ko‘chat tayyorlash hisobiga barvaqt sabzavot 
mahsulotlarini olish; 
3. Ochiq yerda yetilmay qolgan sabzavotlarni o‘suv davrini uzaytirib, mevalarini 
shakllantirib yetishtirib olish; 
4. Sabzavat ekinlari maydonini shimoliy mintaqalarga surish va ularni xillarini 
ko‘paytirish. 
Himoya qilingan joylarda sabzavotlarni yetishtirish uchun bu tarmoqning 
o„ziga xos quyidagi xususiyatlarini bilish zarur: yilning obi-havo sharoiti qanday 
bo„lishdan qat‟iy nazar o„simliklarni yetishtirish uchun maqbul sharoit yaratib 
beradigan texnik bazaning mavjudligi; inshoot va uskunalarning qimmatliligi; 
uncha katta bo„lmagan joylarda inshootlarni ixcham joylashtirish; maydondan 
intensiv samarali foydalanish, hosildorlikni yuqoriligi qo„l mehnatini ko„pligi va 
uni kamaytirish maqsadida mexanizatsiya, elektrofikatsiya va avtomatikadan 
foydalangan holda bog„lab olib borish; yetishtirish texnologiyasini murakkabligi 
va maxsus navlardan foydalanish; material harajatlar va yetishtirilgan mahsulot 
tannarxini yuqoriligi; mehnatni tashkil etishning alohida shakllari va ishchilarni 
yuqori malakasini talab etishi va boshqa xususiyatlari. 


Himoya qilingan joy sabzavotchiligining o„ziga xos xususiyatlari bilan 
birga, u ochiq yer sabzavotchiligi bilan chambarchas bog„liq. Himoyalangan joy 
ochiq yerni ko„chat va chirigan organik o„g„itlar bilan ta‟minlaydi, ochiq yerdan 
esa ayrim yetilmay qolgan sabzavotlarni himoyalangan joylarga ko„chirib 
yetiltirish, mevalarni qizartirib olish uchun foydalaniladi. Ochiq va himoya-langan 
joy sabzavotchiligini uzviy bog„liqligi har bir xo„ja-liklarda bu tarmoqlarni barobar 
rivojlantirishni taqazo etadi. 

Download 332.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling