Yopiq urug‘li o‘simliklar tasnifi, gul tuzilishi va to‘pgullar
Download 1.93 Mb.
|
9 mustaqil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yopiq urug ` lilar tasnifi . Gulli o’simliklar va gulning tuzilishi va vazifalari
- Changlanishning turlari. Chetdan changlanish To’pgullar
Yopiq urug‘li o‘simliklar tasnifi, gul tuzilishi va to‘pgullar. Bajardi: Orziyeva N. U. Tekshirdi: Atamuratova N. T. Mustaqil ish № 9 Reja: Yopiq urug`lilar tasnifi. Gulli o’simliklar va gulning tuzilishi va vazifalari Changchilarning tuzilishi va vazifalari Urug’chi va uning tuzilishi, xillari. Urug’kurtak. Murtak qopchasi Changlanishning turlari. Chetdan changlanish To’pgullar Yopiq urug’lilar bir qancha belgilari bilan o`simliklar olamining boshqa vakillaridan keskin farq qiladi. 1. Yopiq urug`lilarning urug`i meva ichida bo`ladi, shuning uchun ham bu o`simliklar "Yopiq urug`lilar" deb ataladi. 2. Bularning changchi va urug`chidan tashkil topgan guli bor. Gullari juda xilma-xil shakli bilan bir-biridan farq qiladi. 3. Changlanishi hamda urug` va mevalarning tarqalishi turli usullar: shamol, hashoratlar, qushlar, suv orqali amalga oshadi. 4. Bulardan qo`sh urug`lanish sodir bo`ladi va natijada faqat murtak emas, balki endosperm ham vujudga keladi. 5. Yopiq urug`lilarning urug`kurtagi uruqqa, tugunchasi esa mevaga aylanadi, urug`i mevabarglar ichida yetiladi. 6. Yopiq urug`lilar boshqa o`simliklar guruhlariga nisbatan juda murakkab morfologik va anatomik tuzilishga ega. Yopiq urug`lilar urug`kurtagining meva qobig`i bilan himoyalanganligi va boshqa bir qator o`ziga xos belgilari ularning o`zidan oldingi, biologik-morfologik jihatdan unga takomillashmagan o`simliklarga nisbatan yerdagi hozirgi hayot sharoitiga yaxshi moslashgan, yuksak darajada tuzilgan o`simlik ekanligini ifodalaydi. Yopiq urug`li o`simliklar ikki sinfga: ikki pallalilar va bir pallalilar sinfiga bo`linadi. Bu sinflarning har birining o`ziga xos belgi xususiyatlari yig`indisi bilan xarakterlanadi. Ikki pallali o`simliklar quyidagi belgilari bilan xarakterlanadi: murtagi ikki urug` pallali, asosiy ildizi yaxshi rivojlangan. Kambiy qavati bo`lganligidan tanasi ikkilamchi yo`g`onlashish xususiyatiga ega. Naychalar to`dasi ochiq. Barglarining shakli har xil va nayi xilma-xil o`yiqli, barg tomirlari to`r shaklida bo`ladi. Gullari 5 bo`lakli tipda. Gul qo`rg`oni ko`pincha, qo`sh bo`ladi. Biroq bu barcha belgilar emas, ammo ular ikki pallali o`simliklarni bir pallalilardan farq qilishga imkon beradi. Ikki pallali o`simliklarning birortasi bir pallalilar bilan chatishmaydi, hatto ular bir-biriga payvand qilinsa,payvand ham tutmaydi. Xozirgi yopiq urug`lilardan ko`p mevalilar (magnoliya-gullilar, ayiqtovongullilar, zirkgullilar) va ba`zi boshqa o`simliklar eng oddiy o`simlik hisoblanadi. Ko`p mevalilarning juda ko`p oddiy belgilari xos bo`lgan tipik gulining spetsifik tuzilganligi buning isbotidir. Ularning gul o`rni konussimon, gultoji ayrim gulbargli, gulbarglari ko`p, ular spiralsimon joylashgan va hokazo. Changchi va urug`-chilarining ko`pligi bu o`simliklar uchun ayniqsa xarakterli. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling