Yoqilg‘i reja


Yoqilg‘ining yonish issiqligi


Download 51.3 Kb.
bet3/11
Sana16.11.2023
Hajmi51.3 Kb.
#1781771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Yoqilg‘i reja-fayllar.org

Yoqilg‘ining yonish issiqligi

1 kg yoki 1 m3 yoqilg‘i to‘liq yonganda chiqadigan issiqlik miqdori yoqilg‘ining issiqlik ajratishi (yonish issiqligi) deyiladi (Qi, kJ/kg yoki Qi kJ/m3).


Yoqilg‘ining issiqlik ajratishi ikki xil: yuqori yonish issiqligi Qiyu va quyi yonish issiqligi Qik bo‘ladi. Yoqilg‘ining massa birligi to‘liq yonganda chiqqan issiqlik miqdori yoqilg‘ining yuqori yonish issiqligi deyiladi, bunda namlikning bug‘lanishiga sarflangan issiqlik hisobga olinmaydi. Yoqilgining birlik massasi yonganda uning tarkibidagi namlik hamda vodorodning kislorod bilan reaktsiyaga kirishish jarayonida hosil bo‘lgan namlik hisobga olingan xolatda ajralgan issiqlik miqdori quyi yonish issiqligi deyiladi. 1 kg suv bug‘ining atmosfera bosimida kondensatsiyalanish issiqligi taxminan 2500 kJ/kg ga teng. Ishchi yoqilg‘i tarkibidagi suv bug‘lari miqdori Wi/100 ga teng. 1 kg vodorod yonganda 9 kg suv bug‘i hosil bo‘ladi (H2+0,5O2=H­2O).
Demak, suv bug‘ining kondensatsiyalanish issiqligini quyidagi formuladan aniqlanadi:
2500( )=25Wi+225Hi, (12.9)
u holda
= -225Hi- 25Wi = -25(9Hi+Wi) (12.10)
ya’ni yoqilg‘ining quyi yonish issiqligi uning yuqori yonish issiqligidan bug‘ hosil bo‘lish issiqligini ayirib tashlanganiga teng. Yoqilg‘ining yonish issiqligi laboratoriya sharoitida kalorimetrik bomba yordamida aniqlanadi (12.1-rasm). Kalorimetrli bomba, bosimi 3 MPa bo‘lgan kislorod bilan to‘ldirilgan germetik idish 1 dan iboratdir. Idishda massasi 1 g bo‘lgan yoqilg‘i yondiriladi. Bombani suvli idish 2 ga joylashtiriladi va suv temperaturasini ortishi orqali yoqilg‘ining yonish issiqligi aniqlanadi. Qattiq va suyuq yoqilg‘ining yonish issiqligini D.I.Mendeleev emperik formulasidan yetarli aniqlik bilan topiladi:

(12.11)

(12.12)
Quruq gazning qo‘yi yonish issiqligi quyidagiga teng:

(12.13)
Yuqori yonish issiqligi:

(12.14)



Download 51.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling