Yoqilg‘i reja


Download 51.3 Kb.
bet8/11
Sana16.11.2023
Hajmi51.3 Kb.
#1781771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Yoqilg‘i reja-fayllar.org

Yoqilg‘i nomi


O‘t olish temperaturasi, oS

= 1,0


= 1,3


= 1,5


= 2,0


Antratsit


Torf
Mazut
O‘tin
Gaz (Saratov)

2270
1700


1125
1855
2000

1845
1510


1740
1575
1149

1665
1370


1580
1435
1778

1300
1110


1265
1165
1167

Ma’lumki, gaz mash’ala bo‘lib yonadi. Mash’ala bu yonish jarayoni kechayotgan, harakatlanayotgan gazlarning ma’lum bir hajmidir. Yonish nazariyasi umumiy qoidalariga asosan, gazning mash’ala qilib yoqish usuli kinetik va diffuzion usullarga ajratiladi. Kinetik yondirishda gaz va havo yonishidan oldin aralashtiriladi.


Gaz va havo, avvalo gorelkaning aralashtirish qurilmasiga uzatiladi. Aralashmaning yonishi aralashtirgichdan tashqarida ro‘y beradi. Bu holda jarayon tezligi kimyoviy reaktsiyalar tezligi bilan chegaralanadi ya’ni yonkim bo‘ladi. diffuzion yonish gaz bilan havoning aralashish jarayonida ro‘y beradi. Gaz havodan alohida holda ishchi hajmga yuboriladi. Bu holda jarayon tezligi gazning havo bilan aralashish tezligi bilan chegaralanadi, ya’ni yonfiz. Diffuzion yonishning yana bir ko‘rinishi aralash yonish (diffuzion-kinetik) bo‘lib, bunda gaz dastlab ma’lum bir miqdordagi havo bilan (to‘liq yonish uchun yetarli bo‘lmagan) aralashadi. Shu yerga havoning qolgan qismi (ikkilamchi havo) alohida yuboriladi.
Qozon agregatlari o‘txonalarida asosan kinetik va aralash yondirish usullari qo‘laniladi. Diffuzion usul ko‘proq sanoat pechlarida qo‘llaniladi. Gaz oqimining mash’alasida harakat usuliga qarab, mash’ala laminar va turbulent bo‘lishi mumkin. Texnikada asosan turbulent yonish ishlatiladi. Gaz yoqilg‘isining yondirish tartiblari 12.5-rasm tasvirlangan.

12.5-rasm. Gaz yoqilg‘isining yondirish tartiblari.


a-gaz va havoning tashqarida aralashishi; b-to‘liq ichki aralashish; v-qisman ichki aralashish;
k-kinetik yonish sohasi; d- diffuzion yonish soxasi.
Sanoat issiqlik energetikasida foydalanilayotgan asosiy suyuq yoqilg‘i mazut hisoblanadi. Suyuq yoqilg‘ining yonishi asosan bug‘-gaz fazada ro‘y beradi, bunga sabab shuki, uning qaynash temperaturasi o‘t olish temperaturasidan ancha past bo‘lgani tufayli, u o‘t olishdan oldin bug‘lanadi. Suyuq yoqilg‘ini yondirish jarayonini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
  1. yoqilg‘ini isishi va bug‘lanishi;


  2. yonuvchan aralashmani hosil bo‘lishi (yoqilg‘i bug‘larini havo bilan aralashishi);


  3. yonuvchan aralashmaning o‘t olishi;


  4. aralashmaning yonishi.


Yonishni jadallashtirish uchun yonuvchi elementlarni havo bilan tez va puxta aralashtirish lozim. Yonish uchun zarur bo‘lgan havoni mash’alani asosiga yuborilsa oksidlash reaktsiyalari kuchayadi. Bug‘-havo aralashmasining gomogen yonishi-kimyoviy jarayon, bug‘lanish esa, o‘zining tabiatiga ko‘ra fizik jarayon. Shuning uchun yonishning pirovard tezligi va vaqti fizik yoki kimyoviy jarayonlarning jadalligi bilan belgilanadi. Agar hosil bo‘layotgan bug‘larning yonib bo‘lish tezligi yoqilg‘ining bug‘lanish tezligidan ancha katta bo‘lsa, u holda yonish tezligi sifatida bug‘lanish tezligi olinadi va bunda bo‘ladi. Teskari xolatda esa, yondirish jarayoni jadalligi butunlay kimyoviy reaktsiyalar tezligiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni . Suyuqlikning bug‘lanishi, suyuq yoqilg‘i yonish bosqichlari ichida eng uzoq davom etadigani hisoblanadi. Shuning uchun uni butunlay to‘zitib yuborish kerak.



Download 51.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling