Yoqilg‘i-xo’jaligi tarkibi va yirik sohalari. Yoqilg‘i sanoati


О‘zbekistondа yoqilg‘i mаhsulotlаrining qаzib chiqаrilishi


Download 103 Kb.
bet2/4
Sana05.01.2022
Hajmi103 Kb.
#218990
1   2   3   4
Bog'liq
Yoqilg‘i xo’jaligi

О‘zbekistondа yoqilg‘i mаhsulotlаrining qаzib chiqаrilishi.





1913 yil

1940 yil

1950 yil

1960 yil

1970 yil

1980 yil

1990 yil

1995 yil

2000 yil

2005 yil

Tаbiiy gаz, mln.m3

-

0.7

52

447

32094

34840

40761

48600

56400

59700

Neft (gаz kondensаti bilаn birgа) 1000 t.

13

119

1342

1603

1805

1329

2810

7586

7536

5400


Kо‘mir 1000 t.

-

3.4

1475

3410

3747

5682

6477

3054

2501

3000

Jadval ma’lumotlari yoqilg‘i zahiralarini qazib chiqarish o‘tgan yillar davomida umuman tez sur’atlarda bog‘langanligini ko‘rsatadi.

Kelajakda respublikaning yoqilg‘i bilan balansi yanada takomillashtirilib, unda tabiiy gazning salmog‘i yanada ortib boradi. Qishloq joylarning yoqilg‘i balansida shu vaqtgacha katta salmoqqa ega bo‘lgan g‘o‘zapoya o‘rnini ham yaqin yillar orasida tabiiy gaz egallaydi. Hozirgi paytda respublikaning qishloq joylari yoppasiga joylashtirilmoqda. G‘o‘zapoyadan esa bundan keyin gidroliz va qurilish materiallari sanoatlarida xom ashyo sifatida foydalaniladi. Unday ayniqsa poya kipik asosida taxtalar (plitalar) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Gaz sanoati. O‘zbekiston yoilg‘i sanoatining eng yosh tarmog‘idir. Ayniqsa keyingi o‘n yilliklarda yirik tabiiy gaz konlarining o‘zlashtirilishi natijasida O‘zbekiston tabiiy gazga ancha boy va gaz sanoati taraqqiy etgan davlatlardan biriga aylandi.

Tabiiy gazning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati uning eng samarali yoqilg‘i ekanligidagini emas. Shu bilan birga u kimyo sanoati uchun qimmatli xom ashyo hamdir. Gaz sanoatining yana bir muhim xususiyatni uning ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirishga katta ta’sir etishida ham namoyon bo‘ladi.

O‘zbekistonda gaz sanoatining rivojlanishi Respublika yoqilg‘i energetika majmui tarkibini tubdan yaxshilash, ilgari bu resurslar yo‘qligi tufayli rivojlanmay kelgan sanoat tarmoqlarini keng taraqqiy ettirish imkonini berdi.

Gaz sanoati tarkibiga tabiiy gazni qazib chiqarish, tozalash, suyultirish va sun’iy gaz tayyorlash, uni iste’molchilarga (yoqilg‘i va kimyo sanoati xom ashyosi sifatida) o‘tkazib berish kiradi.

O‘zbekistonda gaz sanoatining rivojlanishi asosan Ulug‘ vatan urushidan keyingi yillarga to‘g‘ri keladi. Ma’lumki neft konlarining ko‘pchiligida neft bilan birga ma’lum miqdorda “Yo‘ldosh gaz” ham qazib chiqariladi. Xuddi shu yo‘l bilan qazib chiqariladigan tabiiy gazdan yoqilg‘i sifatida foydalanila boshlandi. Farg‘ona vodiysi sharqiy qismidagi neft konlaridan olingan yo‘ldosh gaz dastlab Andijon (12 km) so‘ngra Asaka va Farg‘ona (81 km) shaharlariga quvurlar orqali olib kelindi.

1945 yili Respublikada atigi 9 mln.m3 tabiiy gaz qazib chiqarilgan bo‘lsa, 1965 yilda 16.5 mlrd.m3, 1970 yilda 32.1 mlrd.m3 gaz qazib chiqarildi. Yangi yirik tabiiy gaz konlari (masalan: Shurtan koni)ning o‘zlashtirilishi asosida O‘zbekistonda gaz qazib chiqarish yana kuchaytirildi. Uning miqdori 1980 yilda 34.8 mlrd.m3, 1990 yilda esa 40.8 mln.m3, 2005 yilda esa 59.7 mlrd.m3ni tashkil qildi.

O‘zbekistonda gaz qazib chiqarishning keyingi chorak asr davomida bu qadar tez sur’atlar bilan rivojlanishi Buxoro-Xiva geologik nohiyasidagi yirik gaz konlarining topilishi va o‘zlashtirilishi bilan bog‘liqdir. Gazli, O‘rtabulot, Uchqir, Jarkok kabi qator gaz konlari ana shular jumlasidandir. Keyinchalik yana ham istiqbolliroq Muborak va Shurtan konlari ishga tushirildi. Shunga ko‘ra gaz qazib chiqarish geografiyasida talay o‘zgarishlar yuz berdi. Agar dastlabki paytlarda qazib chiqarilgan tabiiy gazning 90% dan ortig‘i Buxoro viloyatida joylashgan konlar hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, endilikda bu o‘rinni Qashqadary viloyati konlari egalladi. Respublikada qazib chiqarilayotgan tabiiy gazning 88.0 %dan ko‘prog‘i ushbu mintaqadan olinmoqda. Yaqin yillar ichida yana ham kattaroq zaxiraga ega bo‘lgan Kukdumaloq gaz konining ishga tushirilishi bilan bu yurtning gaz qazib chiqarishda salmog‘i yanada oshadi. Shuni yurtning gaz qazib chiqarishda salmog‘i yanada oshadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Qashqadaryo viloyatida o‘zlashtirilgan tabiiy gaz konlaridan tarkibida oltingugurt uchuvchan yengil neft birikmalari bo‘lgan gaz qazib olinmoqda. Tabiiyki bunday gazni qayta ishlash tozalash talab qilinadi. Muborak shahrida shunday gazni tozalaydigan yirik majmui qurildi.

O‘zbekistonda qazib chiqarilayotgan tabiiy gaz iste’molchilarga asosan quvurlar orqali yetkazib berilmoqda.

Shuni alohida qayd qilish joizki, O‘zbekiston rahbariyati o‘tkazayotgan mustaqil siyosat tufayli respublika gazidan foydalanish jug‘rofiyasida sezilarli o‘zgarish ruy bermoqda. Ilgari bizga qazib olingan gazning 75% Respublikadan tashqariga chiqarib kelingan bo‘lsa, endilikda uning asosiy qismi ichki nohiyalarni, o‘z ishlab chiqarish korxonalarni ta’minlashga sarflanmoqda. Bu ish yanada rivojlantiriladi.

O‘zbekiston gaz sanoatining yaqin istiqbollari qazib olinayotgan gaz resurslaridan yanada samarali foydalanib butun Respublikani to‘la gazlashtirish bilan bevosita bog‘liqdir.

Neft sanoati. Hozirgi zamon yoqilg‘i sanoatining eng samarali turlaridan biridir. Neft va neft mahsulotlari turli maqsadlarda ishlatiladi. Ular juda yuqori issiqlik beruvchi yoqilg‘i turi bo‘libgina qolmay kimyo sanoatining qimmatli xom ashyosi hamdir.

Neft qazib olingach maxsus zavodlarga qayta ishlanadi va undan tegishli mahsulotlar olinadi. Eng qimmatli neft birikmalari ichki yonish dvigatellari uchun yonilg‘i sifatida ishlatiladi. Neft hatto uning chiqindilari ham kimyoviy mahsulotlar manbai hisoblanadi. Ularning hammasi neftning hozirgi zamon sanoatidagi ahamiyatini belgilab beradi.

Neft sanoati O‘zbekiston yoqilg‘i sanoatining tung‘ich tarmog‘idir. Respublikamiz hududidagi dastlabki neft koni Chimyonda 1904 yilda topilgan edi.

Hozirgi paytda O‘zbekistonda neft sanoati ancha rivoj topgan uning geografiyasi ham kengaydi. O‘zbekistonning dastlabki mustaqillik yilida Namangan viloyatida aniqlangan mingbuloq neft koni Respublikada neft qazib chiqarishni yaqin yillarda keskin ko‘paytirish imkonini beradi. Endilikda neft Farg‘ona vodiysidagina emas, shuningdek Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham qazib olinadi.

O‘zbekistonda 1913 yilda 13 ming tonna neft qazib olingan bo‘lsa, 1924 yilda - 6 ming, 1940 yilda – 119 ming, 1975 yilda – 1352 ming tonna qazib chiqarildi. 1990 yilga kelib bu kursatkich 2810 ming tonna bo‘lgan bo‘lsa 1998 yilda 7.6 mln tonna neft ishlab chiqarildi. 2005 yilda ko‘rsatkich 5 mln 400 mingni tashkil kildi.

Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov O‘zbekistonni g‘alla va neft mustaqilligiga erishish farmoniga asosan respublikamiz hududida mavjud bo‘lgan neft zahiralarini topish va shular asosida yangi neftni qayta ishlaydigan korxonalarni barpo etish bosh masala qilib qo‘yilgan.

O‘zbekistonda neftni qayta ishlash sanoati ham mavjud. Farg‘ona vodiysida ikkita zavod – Farg‘ona va Oltiariq hamda Qorovul bozorda chet el sarmoyalari asosida zamon talablariga javob bera oladigan neftni qayta ishlash zavodlari ishlab turibdi. Bu zavodlarda avtomobil benzini, dizel yoqilg‘isi, har xil texnik moylar, bitum, qoramoy va boshqa neft mahsulotlari olinadi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodi Qashqadaryo viloyatining Bahoriston tumanida topilgan Kukdumaloq gaz kondensati konlaridan olinadigan xom ashyo hisobiga ishlaydi. Bu kondan olinadigan gaz kondensati uncha katta bo‘lmagan qayta ishlash jarayonlari asosida mahsulot tayyorlaydi.


Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling