Yoqilg‘i-xo’jaligi tarkibi va yirik sohalari. Yoqilg‘i sanoati
Respublikada ko‘mir qazib olish hajmining dinamikasi
Download 103 Kb.
|
Yoqilg‘i xo’jaligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarmoqni boshqarish.
Respublikada ko‘mir qazib olish hajmining dinamikasi.
2-jаdvаl
Ko‘mir zahiralarining yildan-yilga kamayib ketishi, chuqur joylashgan qatlamlarning o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lganligi sababli 1991 yildan ko‘mir qazib olish ko‘rsatkichlari pasayib ketdi. UZR xalq xo‘jaligida har yil 8-9 mln t.ko‘mir iste’mol qilinadi. Angren va Yangi Angren GRESlarining to‘la qattiq yoqilg‘iga o‘tkazilishi bilan Respublikaning ko‘mirga bo‘lgan ehtiyoji ortmoqda. Ko‘mir sanoati uchun kon geologiya ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar Toshkent texnika un-t, ishchi kasblari bo‘yicha esa ixtisoslashgan hunar texnika o‘quv yurtlarida shaxta va razrezlar qoshidagi o‘quv k-tlarida tayyorlanadi. “Ko‘mir” aksionerlik birlashmasi korxonalari uchun loyiha-tadqiqot ishlarini jamiyatning loyiha tadqiqot markazi, loyiha konstruktorlik byurosi, shuningdek loyixa i.t. va loyiha in-tlari olib boradi. Tarmoqni boshqarish. 1927 yildan O‘zbekiston va qo‘shni Respublikalardagi ko‘mir konlari ittifoq xalq xo‘jaligi oliy kengashi tarkibida “O‘rtaosiyoko‘mir” sanoati birlashmasiga kirgan. 1957-1970 yillarda har bir Respublikada ko‘mir sanoati mustaqil boshqaruvga ega bo‘ldi. O‘zbekistonda “O‘zbek ko‘mir” k-ti ish olib bordi. 1970 yilda O‘rta Osiyodagi jami konlar yana “O‘rtaosiyoko‘mir” k-tiga uyushdi. (1976 yildan i.ch.birlashmasi). Respublika mustaqillika erishganidan keyin O‘zbekiston kumir konlari negizida “Ko‘mir” ko‘mir qazib olish va sotish aksionerlik birlashmasi tuzildi. (1994). Ko‘mir sanoati O‘zbekistonda yanada rivojlanaveradi. Rivojlanish asosan Angren ko‘mirini qazib olishni ko‘paytirish, shuningdek Shargun toshko‘mirni qazib chiqarishni kengaytirish, Boysun toshko‘mir konini ishga solish hisobiga bo‘ladi. Download 103 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling