Yoqilg‘ini tasniflash


Yonish jarayoni nazariyasi


Download 112.45 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi112.45 Kb.
#1521022
1   2   3   4   5
Bog'liq
4 mavzu

Yonish jarayoni nazariyasi.


Yonish bu - yoqilg‘ining oksidlovchi bilan bo‘ladigan murakkab fizik kimyoviy tasirlashuv jarayoni bo‘lib, uning natijasida jadal suratda issiqlik ajralib chiqib xaroratning keskin oshishi kuzatiladi. Agar yoqilgi va oksidlovchi bir xil fazada bo‘lsa gomogen yonish deyiladi, agar ular turli fazada bo‘lsa geterogen yonish deyiladi.
Gomogen yonishda yonish tezligi xar qanday kimyoviy reaksiyadagi singari reaksiyaga kirishayotgan modda konsentratsiyasiga, xaroratga va bosimga bog‘liqdir. Massalar tasiri qonuniga asosan reaksiya tezligi oksidlovchi va yoqilg‘i konsentratsiyasi ko‘paytmasiga proporsianaldir. w=kCA CV
Bunda k=tezlik konstantasi, reaksiya tezligi bosimning p darajasiga to‘g‘ri proporsianaldir. p - reaksiya tartibi bo‘lib, reaksiyaga kirishyotgan molekulalar sonini belgilaydi. Xamma molekulalar xam birdan yonmaydi, avvalo molekulalararo bog‘ni uzish kuchiga ega energiyali molekulalar yonadi. Bu energiya Ye aktivlanish energiyasidan katta bo‘lishi kerak. Yonish zanjir reaksiya bo‘lib O,N va ON faol markazlardir. Zanjir reaksiyaning oddiy reaksiyalardan farqi uning portlash bilan ketishdir. Lekin yonishda reagentlarning aralashish tezligi katta rol o‘ynaydi. U esa zanjir reaksiyada ancha sekin sodir bo‘ladi. Yoqilg‘ining to‘la yonish τn vaqti ikki qismdan iborat.
τn = τφ + τx
τφ - yoqilg‘i va oksidlovchi molekulalari to‘qnashishiga ketgan vaqt (fizik bosqich).
τx - kimyoviy reaksiya sodir bo‘lish vaqti (kimyoviy bosqich).


Fizik va kimyoviy yonish.
Ushbu vaqtlar nisbatiga ko‘ra diffuziyali va kinetik yonish soxalari mavjud. Agarda τφ +<< τx bo‘lsa, unda yonish kinetik soxada, agarda τφ >> τx bo‘lsa diffuziya yonish soxasida ro‘y beradi. Kinetik yonish gaz va oksidlovchi yonish kamerasiga kirguncha aralashtirilsa yuz beradi. Diffuzial yonish yesa uni yonish kamerasida aralashsa yuz beradi.
Geterogen yonishda qattiq yonish chegarasida adsorbsiya xodisasi yuz beradi, u yerda tasirlashyotgan moddalar konsentratsiyasi kamayib reaksiya maxsuloti ko‘payadi. Reaksiya tezligi temperatura, bosim va moddalar konsentratsiyasidan tashqari balki yoqilg‘i o‘lchamiga, oksidlovchining diffuziyalanish tezligiga bog‘liq.
Suyuq yoqilg‘i yonganda uning bug‘lanishi katta axamiyatga ega. Suyuq yoqilg‘ining qaynash xarorati, alangalanish xaroratidan ancha past bo‘ladi. Shuning uchun u oldin bug‘lanadi so‘ng yonadi va u yonish yuzasiga xam bog‘liq. Shuning uchun u purkalganda yoki sachratilganda ko‘p marta ortib ketadi.



Download 112.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling