Yoqub Saidov
O‘zbek adabiy tili va arab tili
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
12755 2 CEA310666DA3454D42AB671A2CA9D1F74BC7A7C2
O‘zbek adabiy tili va arab tili. Arab tili turkiy tillar‚ chunonchi‚ o’zbek
tiliga kuchli ta’sir etgan tillardan biridir. Bu ta’sirning xususiyati va sabablari ayrim ilmiy tadqiqotlarda yoritilgan 1 . Bu ta’sirning boshlanish davri arab xalifaligi hukmronligi bilan bevosita bog`liq. Ayonki‚ jahon tarixida ulkan iz qoldirgan davlatlardan biri Arab xalifaligidir. Arab xalifaligi davri O’rta Osiyo, Eron, Afg`oniston, Yaqin va O’rta Sharq, Shimoliy Hindiston, Pireneya yarim oroli va Shimoliy Afrika xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy‚ madaniy taraqqiyotida o’ziga xos yuksalish davrini boshlab berdi 2 . Tarixdan ma’lumki, 650-651-yillardan arablarning O’rta Osiyoga harbiy harakatlari boshlandi. Ular O’rta Osiyo hududlarini bir necha yillar davomida zabt etishga muvaffaq bo’lishdi. Arablar o’z hukmronligi siyosiy negizini mustahkamlash va uning barqarorligini ta’minlashda islom dinini keng yoyishga va targ`ib qilishga katta e’tibor berdilar. Bu dinning ko’p jihatdan afzalligi, xalqparvarlik ruhi, Alloh oldida barcha teng ekanligi, axloq va intizom nuqtai nazaridan ommaviyligi xususiyatlari mahalliy aholi tomonidan uni qisqa vaqt oralig`ida qabul etishlariga sabab bo’ldi. O’rta Osiyo xalqlari islom dini bilan birga arab yozuvini ham qabul qildilar. Arab tili esa mamalkatning ijtimoiy- madaniy hayotida asosiy o’rinni egalladi. Arab tili faqat islom dinini targ`ib qilish, islom falsafasi va aqidalariga doir g`oyalar, fikr va tushunchalarni ifodalash va diniy ibodat majburiyatlarini bajarish sohasidagina emas, balki davlat idora ishlarida, mamlakatning ilmiy-madaniy hayotida ham hukmron til sifatida qo’llanildi 3 . Mazkur ijtimoiy-siyosiy sabablarga ko’ra turkiy xalqlarning tiliga arab tilidan ko’plab so’z va iboralar qabul qilindi. O’zbek tiliga arab tilidan so’z olish, asosan, o’zbek-arab bilingvizmi davrida (VII-IX asrlarda) kuchli bo’ldi. Keyingi davrlarda esa o’zbek tiliga yangi so’zlar sezilarli darajada qabul qilinmagan 4 . VII-IX asrlar oralig`ida arab tilidan turkiy (o’zbek) tilga 1 Фитрат. Тилимиз / Танланган асарлар. -Т.: Маънавият, 2006. –Б. 124-131; Усмонов С. Ўзбек тилининг луғат составида тожик-форс ва арабча сўзлар / Навоийга армуғон. -Т.: 1968; Бегматов Э. Ҳозирги ўзбек адабий тилининг лексик қатламлари. -Т.: Фан, 1985. 2 Ўзбекистон тарихи / Дарслик. –Т.: Янги аср авлоди‚ 2003. –Б. 142. 3 Мухторов А., Санақулов У. Ўзбек адабий тили тарихи. -Т.: Ўқитувчи, 1995. –Б. 93-95 4 Бегматов Э. Ҳозирги ўзбек адабий тилининг лекски қатламлари. -Т.: Фан, 1985. –Б. 111. o’zlashgan so’zlarning miqdori ancha katta bo’lib, ular alohida lug`aviy qatlamni tashkil qilgan. Bir necha asrlar davomida o’zlashgan arabiy so’zlar o’zbek adabiy tilida qo’llanishda davom etdi. Ayniqsa, o’zbek adabiy tili tarixining XIV-XVIII asrlarida ularning iste’mol doirasi ancha kengaydi. Alisher Navoiy asarlari leksikasini maxsus tadqiq etgan olim B.Bafoevning ta’kidlashicha, shoir asarlari tilidagi so’z boyligining taxminan 35-40 foizini arab tilidan kirgan so’z va so’z shakllari tashkil qiladi. 1 Tilshunos Z.Hamidovning statistik hisobiga ko’ra esa “Lison ut-tayr” asari leksikasida 40 foiz lug`aviy birliklar arabiydir. 2 XVII-XVIII asr yozma yodgorliklaridan biri bo’lgan So’fi Olloyorning “Sabotul-ojizin” asari leksik boyligida 47 foiz so’zlar arabiy ekanligini R.Zohidov ta’kidlab o’tadi. 3 O’zbek tiliga o’zlashgan arabiy so’zlarni quyidagi mavzuiy guruhlar bo’yicha tasniflash mumkin: 1. Diniy-afsonaviy tushuncha va tasavvurlar nomi: malak, ruh, shayton, oshiq, fano, jannat, azon, farishta, mo’min, kofir va boshq. 2. Ilm-ma’rifat, madaniyat, ta’lim-tarbiya bilan bog`liq nomlar: madaniyat ma’rifat, tarbiya, ilm, qalam, sahna, san’at, sahifa, kitob, rasm, haykal, raqam, rassom va h.k. 3. Joy, makon va zamon tushunchalarini anglatuvchi nomlar: Sharq, G`arb, qabr, tabiat, tarix, asr, vatan, vaqt, manzil, mahalla va boshq. 4. Xususiyat va belgi anglatuvchi nomlar: ma’shuqa, zolim, mazlum, mal’un, munis‚ qallob, dohiy, mudhish‚ harom, faqir, mash’um, aziz, ahmoq va h.k. 1 Бафоев Б. Навоий асарлари лексикаси. -Тошкент: Фан, 1983. -157 б. 2 Хамидов З. Лексико-семантическое и лингвопоэтическое исследование языка «Лисан ат-тайр» Алишера Навои: Автореф. дис. ... канд. филол. наук.–Ташкент: 1982. 3 Зоҳидов Р. “Сабот ул-ожизин” асари лексикаси: Филол. фан. ном. … дис. – Тошкент: ЎзР ФА ТАИ, 2001. -172 б. 5. Antroponim va toponimlar: Behbudiy, Ka’ba, Majnun, Ehrom, Misr, Nil, Suriya, Sulaymon, Yusuf, Laylo, Ra’no va boshq. 6. Mavhum tushuncha ifodalovchi so’zlar: balo, davo, xayol, qimmat, hayot, qadr, hol, la’nat, fikr, ta’sir, nur, ma’no, alam, zulm, darak va boshq. 7. Mansab, unvon, kasb-hunar va mashg`ullik tushunchalarini anglatuvchi so’zlar: sulton‚ olim, jallod, so’fi, mulla, hokim, hakim, tabib, rassom, raqqosa va boshq 8. Inson tomonidan yaratilgan narsa-buyumlar nomi: soat‚ bino, sham, madrasa, atlas, ovqat, mash’ala va boshq. 9. Qush, parranda va hayvonlar nomi: hayvon, maymun, bulbul, mol, qumri va boshq. 11. Inson va jamiyat tushunchasi bilan bog`liq nomlar: inson, mizoj, bashariyat, millat, xalq, sinf, oila, saltanat, bashar, jamiyat, ittifoq, inqilob, odam, firqa, hurriyat, avlod va h.k. 12. Etikaga oid nomlar: salom, marhamat, hurmat, haqorat, rahmat, takalluf, muhtaram, lutfan, iltifot, shukur va boshq. 14. Tilshunoslik va adabiyotshunoslik terminlari: adabiyot, maqol, hikoya, ilhom, mazmun, marsiya, bob, shoir, tasvir va boshq. 15. Ijtimoiy-siyosiy terminlar: inqilob, iqtisod, istiqlol, hukumat, muxolif, muxtor, davlat, islohot, ittifoq, siyosat va h.k. O’zbek tilida diniy-axloqiy, mavhum va aniq tushunchalarni, belgi- xususiyat kabilarni ifodalovchi o’zlashma arabiy so’zlar ko’pchilikni tashkil etadi. Ayniqsa, ma’naviy-ma’rifiy tushunchalarni bildiruvchi mazkur tilga tegishli lug`aviy birliklar etakchi o’rinda turadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling