Yoqub Saidov
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
12755 2 CEA310666DA3454D42AB671A2CA9D1F74BC7A7C2
ANNOTATSIYA Mazkur o’quv qo’llanma Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug`i bilan tasdiqlangan “O`zbek tili tarixi” fanining o’quv dasturi” mavzulariga mos ravishda tayyorlangan. Ayonki, o’zbek filologiyasi bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalariga umumkasbiy fan sifatida o’qitiladigan “O`zbek tili tarixi” kursi “Qadimgi turkiy til”, “Eski o’zbek tili va yozuvi”, “O’zbek tilining tarixiy grammatikasi” va “O’zbek adabiy til tarixi” fanlaridan tarkib topgan. Ushbu qo’llanmada yuqorida sanab o’tilgan fanlar bo’yicha o’qitilgan mavzular ilmiy-nazariy jihatdan umumlashtirilgan. Shuningdek qo’llanma “O’zbekiston davlat standarti”ning zaruriy talablariga muvofiq yaratilgan bo’lib, unda qoraxoniylar davri adabiy tili va manbalari, chig`atoy adabiy tili va manbalari, “Devonu lug`otit turk” asarining qiyosiy turkiyshunoslikdagi o’rni, Xorazm yodnomalarining til taraqqiyotidagi roli, Alisher Navoiyning adabiy til rivojidagi o’rni kabi masalalar zamonaviy tamoyillar bo’yicha yoritib berilgan. Ushbu o’quv qo’llanmada eski turkiy til va eski o’zbek adabiy tilining yodgorliklari tavsiflangan, shu tillarda bitilgan yozma manbalar, chunonchi, «Qutadg`u bilig» (Yusuf Xos Hojib), «Hibatul-haqoyiq» (Ahmad Yugnakiy), «O’g`uznoma», «Gulistoni bit-turkiy» (Sayfi Saroyi), «Muhabbatnoma» (Xorazmiy), “Qisasi Rabg`uziy” (Nosiruddin Rabg`uziy) kabi badiiy asarlar; Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy kabi shoirlarning devonlari; Alisher Navoiyning nasriy va nazmiy asarlari tili va uslubi, ularda leksik va grammatik me’yorlarning belgilanishi, adibning dunyo va o’zbek tilshunosligi taraqqiyotidagi o’rni kabi masalalar; “Devonu lug`otit turk”, “Attuhfatuz zakiyatu fillug`atit turkiya” kabi lug`atlar tahlil qilingan; o’zbek tili tarixiga oid muhim va ahamiyatli yozma yodgorliklarning tili hamda uslubi faktik materiallar asosida ishonarli ochib berilgan; nazarda tutilgan davr o’zbek adabiy tilining leksik, qisman, fonetik hamda grammatik taraqqiyotiga doir ma’lumotlar umumlashtirilgan. Qo’llanmada yana eski turkiy til davrida yaratilgan yodgorliklar, xususan, XI-XIV asrlar O’rta Osiyo va Oltin O’rda adabiy muhiti yodgorliklarining eski o’zbek adabiy tiliga munosabati masalalari qiyosiy aspektda izohlangan. O’zbek adabiy tilining shakllanishi va rivojlanishiga muhim ulush qo’shgan shoir hamda yozuvchilarning badiiy asarlariga xos lingvistik jihatlar atroflicha yoritilgan. Shuningdek unda hozirgi o’zbek tili va shevalarining eski turkiy til hamda eski o’zbek adabiy tili, xususan, ularning lug`aviy tarkibiga munosabati, o’zbek adabiy tilining shakllanish va rivojlanish bosqichlari, o’zbek tilining qardosh turkiy tillar orasida tutgan o’rni, uning boshqa oila tillari bilan aloqasi kabi masalalar ochib berilgan. o’zbek adabiy tili tarixiga doir mavzular yangi ilmiy fikrlar bilan boyitilgan, ayniqsa, asarlar lug`aviy-badiiy nuqtai nazardan batafsil tahlil etilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling