Yoqub Saidov
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
12755 2 CEA310666DA3454D42AB671A2CA9D1F74BC7A7C2
qayg`aru, üngärü (oldinga) kabi.
Asar tilida jamlovchi sonlar sanoq sonlarga -ag`u/-ägü, -la/-lä, -ala/-älä, -äsi/-asï affikslarini qo’shish orqali ifodalangan: altag`u (oltovlon), beshägü (beshavlon), ikägü (ikkovlon), törtägü (to’rtovlon), üchälä (uchov), ikkäläs (ikkalasi) kabi. Tartib sonlar -nch, -nchï/-nchi qo’shimchalari asosida hosil qilingan: üchünch//üchünchi (uchinchi), törtünch//törtünchi (to’rtinchi) singari. 1 Фитрат, Абдурауф. Тилимизнинг тарихий оқими / Танланган асарлар: Ж. IV. –Т.: Маънавият, 2006. –Б. 174. 2 Мирзакаримова Ў. “Қисаси Рабғузий” тилининг морфологик хусусиятлари // Ўзбек тили ва адабиёти. – Т., 1969.- №1. –Б. 67-70. Taqsim sonlar sanoq sonlarga -ar/-är, -rar/-rär, - shar/- shär affiksini qo’shish orqali ifodalangan: birär, onar, altïrar, ikkishär kabi. Asar tilida yig`ach (taxminan olti kilometrli masofa), misqal (4,35-4,86 gramm oralig`idagi og`irlik o’lchovi), batman (898,5 grammga teng og`irlik o’lchovi), qari (qo’l uchidan tirsakkacha bo’lgan o’lchov birligi), arshun (0,71 metrga teng o’lchov birligi) kabi hisob so’zlar, ya’ni numerativlar ishlatilgan. Hozirgi o’zbek adabiy tilida qo’llanilmaydigan o’zlik olmoshi kendu (o’z), belgilash olmoshlari tekma (har qaysi), qamug` (barcha) kabilar asar tilida ko’p uchraydi. Asar tilida ishlatilgan aksariyat so’zlar hozirgi o’zbek adabiy tilida qo’llanishda davom etmoqda. Bunda so’zlar jumlasiga el (el, mamlakat), yurt, yil, millat, buyruq, ko’k, qizil, beshik, idish, ko’zgu, suv kabilarni aytish mumkin. Ayrim so’zlar esa hozirgi o’zbek adabiy tilida ishlatilmaydi. Alin (peshona), yaag`i (dushman), ayaq (qadah), ev (uy), o’g (aql), al (hiyla), idi (sohib, ega; Xudo), singak (pashsha), ayaqchi (soqiy), karpich (g`isht), etmak (non), bitigchi (kotib), etmakchi (novvoy), qapug`chi (darvozabon), tapug`chi (xizmatchi), tevachi (tuyakash), o’tachi (tabib) kabi qadimgi turkiy tilga oid so’zlar hozirgi o’zbek adabiy tilida iste’molda mavjud emas. Asar tilida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va diniy sohalarga oid juda ko’p so’zlar qo’llangan. Ularning ayrimlarini quyida keltirib o’tamiz: 1. Antroponimlar: Adam (Odam ota), Atika (payg`ambarimizning xolasi), Qosim (payg`ambarimizning to’ng`ich o’g`li), Kisra (Eron shohi Anushirvon), Iskandar (Iskandar Zulqarnayn) va boshq. Bulardan tashqari asar tilida antroponimlardan payg`ambarlarning ismlari Nuh, Ibrahim, Isa, Musa, Yunus, Yusuf; payg`ambarlarning avlod-ajdodlari nomlari Qabil, Yafas, Sam, Ham, Sara, Hajar, Maryam; Payg`ambar (s.a.v.) avlod-ajdodlarining ismlari Abdullah, Amina, Fatima, Zaynab, Abu Talib, Hamza, Ibrahim, Hadisha; xalifalar ismlari Abu Bakr, Umar, Usman, Ali, Hasan, Husayn; farishtalar ismlari Azrail, Jabrail, Mikail, Israfil, Sarsabil kabilar ham faol ishlatilgan. 2. Etnonimlar: israil (Ya’qub payg`ambar qavmi), arab, juhud (yahudiy), mog`ul, tajik, türk, quraysh (qabila nomi), sart (o’troq aholi) va boshq. 3. Toponimlar: Xitay, Hindustan, Sham, Yaman, Falastin, Basra (Iroqdagi shahar), Balx (Xurosondagi shahar), Kufa (Iroqdagi shahar), Bayt ul- Muqaddas (Falastindagi shahar), Arafat (Makkadagi tog`), Uhud (Madinadagi tog`), Karbala (Iroqdagi dasht nomi) va h.k. 4. Astroponimlar: Arzu (Utorud yulduzi), Sevit (Zuhra yulduzi), Bug`day bashi (Sunbula burji), Quchiq (Saraton) va h.k. 5. Kasb-hunarga oid nomlar: avchi (ovchi), zindanchi (zindonbon), ashchi (oshpaz), balïqchï (baliqchi), yïg`achchï (duradgor), temürchi (temirchi), bözchi (to’quvchi), qoychï (cho’pon) va h.k. 6. Harbiy sohaga oid so’zlar: qalqan (qalqon), saqchï (soqchi), qaravul (qarovul), cherik (qo’shin), yarïq (sovut), lashkar (qo’shin), atlïg` (suvoriy), yarag`//yaraq (qurol), qïlïch (qilich) va boshq. 7. Inson tana a’zolari nomlari: qaraq (ko’z qorachig`i), erin (lab), bel, ernäk (barmoq), qarïn (qorin), el//elig (qo’l) va h.k. 8. Asbob-uskunalar nomi: ignä (igna), balta (bolta), bïchaq (pichoq), qamchï (qamchi), org`aq (o’roq) va boshq. 9. Uy-ro’zg`or buyumlarining nomi: qazan (qozon), yastuq (yostiq), arg`amchï (arqon), beshik (beshik), kiyiz (kigiz), közgü (oyna) va boshq. 10. Yosh tushunchasini ifodalovchi so’zlar: yigit, yash (yosh), qurtg`a (kampir), abushqa (keksa, qari), qart (keksa), qarï (keksa) va h.k. 11. Fitonimlar: chechäk (gul), qamïsh, qag`un (qovun), xarpuz (tarvuz), sog`an (piyoz), ayva (behi), bug`day (bug`doy), tarïq (tariq, don), arpa (arpa), teräk, tut, tal (tol), armud (nok) va boshq. 12. Zoonimlar: qarïncha (chumoli), böri, qaplan (qoplon), siŋäk (pashsha), shag`al (chiyabo’ri), bog`ra (erkak tuya), qïsraq (urg`ochi ot) va h.k. Asar tilida ozod, diydor, zanjir, ziyrak, zindon, jodu (afsun, sehr), yor, meva, taxta, toj, farmon kabi forsiy; avval, omonat, balo, bashorat, vaqt, ibodat, imom, islom, kalima, kalom, kofir, muhr, fitna, sulton, qiyomat, xat kabi arabiy so’zlar faol qo’llanilgan. Qissa tilida ma’nodosh so’zlar ko’p miqdorda qo’llangan, bitta tushuncha ikki va undan ortiq so’z yordamida ifodalangan. Misol tarzida arqa – art (orqa), asig` – yarar (foyda), ev – tam (uy), chaq – og`ur (vaqt, zamon), evlük – tishi (xotin), irin – dudaq (lab), ishchi – yümüshchi (ishchi); abushqa – qarï (keksa, chol); al – qïzïl (qizil), chïg`ay – yoqsuz (kambag`al), ädiz – uluğ (katta, ulug`), edgü – yaxshï (yaxshi), bilgä – alim (bilimdon) kabilarni aytish mumkin. Ma’nodosh so’zlar qahramonlar xarakteri, turli manzarlarni tasvirlashda muhim vosita vazifasini o’tagan, leksemalarning o’rinsiz qaytarilishining oldini olgan. Muallif arabiy, forsiy adabiyotlarga tayanib asar yaratar ekan, ulardagi o’zlashmalarning turkiy muqobillarini topib qo’llashga harakat qilgan. Jumladan, azab – emgäk “qiyinchilik”; kabira – biyik “katta”; ba’daz – kedzin “keyin”; aftab – kün “quyosh”; daraxt – ag`ach “daraxt”; nishan – belgü “belgi, iz” 1 . 1 Абдушукуров А. «Қисаси Рабғузий» лексикаси. –Т.: Академия¸ 2008. –Б. 241. Qissa tilida bek – qul, yag`ï (dushman) – esh (o’rtoq), bay (boy) – chïg`ay (kambag`al); kün (kunduz) – tün (qorong`i), qïsh (qish) – yay (yoz), yaxshï (yaxshi) – yaman (yomon); aruq (ozg`in) – semuz (semiz), yaŋï (yangi) – eski (eski); hol (ho’l) – qurug` (quruq), telim (ko’p) – kam (oz), jannat (uchmoh) – dozax (jahannam) kabi zid ma’noli so’zlar ham uchraydi. Asarning lug`at tarkibida bunday, ya’ni zid ma’noli so’zlar salmoqli miqdorni tashkil etadi. Adib ijtimoiy va tabiiy hayotning ziddiyatlarga to’la voqea-hodisalarni tasvirlashda, g`oya va fikrlarining ta’sirchanligini oshirishda, asarning o’qimishliligi va badiiyligini ta’minlashda zid ma’noli so’zlardan unumli foydalangan. Asarning muhim jihatlari shundaki, unda Rabg`uziy xalq og`zaki ijodi namunalaridan keng va o’rinli foydalanishga, adabiy til bilan jonli so’zlashuv tilini bir-biriga yaqinlashtirishga, bayon etish uslubini soddalashtirishga, xalq ertaklari uslubini qo’llashga harakat qilgan va bu borada o’z oldiga qo’ygan maqsadiga ma’lum darajada erishgan ham. Shu bois asar xalq orasida keng tarqalgan, kitobxonlar tomonidan bir necha asrlar davomida sevib o’qib kelinmoqda. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling