Yordamchi so’z turkumlari
Download 38.43 Kb.
|
Yordamchi so
Bilasanmi, ertagayoq bu gap faqat uning qulog’igagina emas, hatto ota-onasigacha yetib borishi mumkin. Ushbu gapda qo’llangan yuklamalar sonini belgilang.
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5 Quyidagi gapda qo’llangan yuklamalarning ma’no turini aniqlang. Jonajon shoirning baxti shunda-da! A) so’roq va taajjub B) kuchaytiruv va ta’kid C) ayiruv va chegaralov D) aniqlov Bir oh tortib o’zni yana qayta tilayman. Men shunday, ha, sinsa-da ham kuylovchi nayman. Ushbu misralarda qaysi so’z turkumiga oid so’z takror holda ortiqcha qo’llangan. A) yuklama B) bog’lovchi C) modal so’z D) olmosh Qaysi qatorda –mi yuklamasi qat’iy tasdiq ma’nosini anglatish uchun xizmat qilyapti? A) Qop-qora tunda charaqlagan yulduzlarning jamoli ta’rifga sig’maydimi? B) Men, nima, uni yomon yo’lga kirsin deymanmi? C) Bu xushxabarni hech kim eshitmay qolmadimi? D) Men ham el qatori orzu-havas ko’ray deymanmi? Ammo yigit sevinib ketganidan, hatto gapirolmay qolgan edi. Ushbu gapda nechta yordamchi so’z turkumiga oid so’z bor? A) 4 B) 2 C) 3 D) 5 Yordamchi so’z qatnashgam gapni toping. A) Asablari sog’lom bo’lishi uchun badantarbiya bilan shug’ullanish lozim. B) O, qanday chin baxtga to’lg’in bu onlar! C) Munofiqlik va soxtalik do’stlik uchun yotdir. D) A va C Bog`lovchi ishtirok etgan gapni toping. A) Bu ham yetmaganday o`z ishiga ham mas`uliyatsiz. B) Odamlarni ko`rib ba`zan o`ylab qolasan C) Kimki ko`ribdur, ey ko`ngul, ahli jahondin yaxshilig` D) Gar shul eshitganim bo`lmasa ro`yo. Yuklamalarning ma`no turidan qaysi biri so`z yuklamalardan iborat? 1) So`roq-taajjub 2) kuchaytiruv-ta`kid 3) inkor 4) o`xshatish-qiyoslash 5) gumon 6) ayiruv-chegaralov A) 1, 2, 3, 4 B) 3, 4 C) 1, 3, 4, 6 D) 3, 5, 6 Qaysi javobda vazifadosh biriktiruv bog`lovchilari keltirilgan? A) -u, -yu, -da, bilan B) -u, -yu, -da, balki C) -u, -yu,-da, -ba`zan D) -u, -yu,-da,na…na Qaysi gapda biriktiruv bog`lovchisi qo`llanmagan. A) Qayt, baxt-u kulfatim, azob-u davlatim, qayt! B) Bu usul Sharqda ham G`arb adabiyotida ko`p qo`llanadi. C) Qalandar, haqiqat qidirib keldim, deysan, va lekin haqiqat emas, oltin qidirasen….! D) Bu asarlarda millat vakillarining g`oyat o`ziga xos hamda jonli badiiy timsollari yaratildi. Qaysi gapda kuchaytiruv-ta`kid yuklamasi qo`llangan? A) Kitobni yopdi-yu, miyasida aylanayotgan savollarga javob izlay boshladi . B) U ilimga oshiq-u beqaror edi. C) Salim aytgan edi-yu bu ishga aloqasi yo`qligini. D) Ovchi nihoyatda kechikkanini bildi-yu umid uni olja sari burdi. Bolagina so`zidan urg`u qaysi bo`g`inga tushsa , chegaralash ma`nosi ifodalanadi? A) oxirigi bo`g`inga B) uchinchi bo`g`inga C) ikkinchi bo`g`iga D) birinchi bo`g`inga 1) tomon 2) qarab 3) sari 4) bo`ylab 5) sayin Yo`nalish ma`nosini bildiruvchi sof ko`makchilar qaysi bandda berilgan? A) 1, 2, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4 C) faqat 3 ta D) 3, 4 Qaysi gapda ich so`zi ko`makchi vazifasida emas, mustaqil so`z ma`nosida kelgan ? A) “Ertaga tog`asinikiga borish”ni ichida o`yladi. B) Bir hafta ichida “Oygul bilan Baxtiyor” dostonini yodlab oladi. C) U kelgunigacha bo`lgan vaqt ichida men mizg`ib oldim . D) Uch yil ichida qilgan mehnatlarim, nihoyat, o`z samarasini beradi. Bilimdonlikning sir-u asrori g`ayrat hamda matonat bilan o`qish va o`rganishdadir. Ushbu gapda qo`llangan teng bog`lovchilarni toping. A) -u, hamda, bilan, va B) -u, hamda, bilan C) bilan, hamda D) -u, hamda, va Qaysi gapda qo`shma gapning ikkinchi qismida keladigan sof teng bog`lovchilar qo`llangan? A) balki, negaki, chunki B) ammo, lekin, biroq C) ammo, lekin, biroq, balki D) ammo, lekin, biroq, va, hamda Qaysi gapda teng bog`lovchining ikki xil mazmuniy munosabatiga mansub turi ishtirok etgan? A) Nobel neft va portlovchi moddalar chiqarishdan orttirgan boyligini nafaqat fizik hamda ximiklarga, balki vrachlar, adabiyotshunoslar va tinchlikparvarlarga ham berishni vasiyat qilib ketdi. B) Ipak kiyim- kechaklar dazmollanmasligi ma’qul, agar zarur bo`lsa, teskari tomonidan yoki ustiga zig`ir tolasidan to`qilgan mato qo`yib qattiq qizimagan dazmol bilan dazmollaydi. C) Agar vaqti kelsa, tog`lar ham yemiriladi, lekin yoshlikda inson qalbiga ekilgan ezgulik urug`lari toabad zavol topmaydi, chunki ular inson umrining unitilmas davrida erishgan bebaho ne’matlaridir. D) Mustaqillik! Seni hayotim bilan ham, san’atim,she’rim bilan ham asrayman. Jo`nalish kelishigi qo`shimchasi quyidagi nechta ko`makchi bilan ma’nodosh bo`la oladi? muvofiq, uchun, sari, tomon, oid A) 5 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 3 ta Berilgan so`z birikmalaridan nechtasida kelishik qo`shimchalarini ko`makchilar bilan almashtirish mumkin? Download 38.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling