Yordamchi so’z turkumlari


Download 38.43 Kb.
bet3/8
Sana05.05.2023
Hajmi38.43 Kb.
#1432280
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Yordamchi so

Sizni otasi o’rnida ko’rsag-u, nahotki sizdan beso’roq ish tutsak-a…(A.Q) Ushbu gapdagi yuklamalar miqdorini aniqlang.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

  • Mustaqil so’z turkumlariga xos bo’lgan quyidagi xususiyatlardan qaysi biri yuklamalarga ham xos?
    1) lug’aviy ma’noga egalik; 2) grammatik shaklga egalik; 3) grammatik ma’noga egalik;
    4) grammatik vazifaga egalik; 5) gap bo’lagi vazifasida kela olish.

    A) 2, 3, 4, 5 B) 2, 3, 4 C) 2, 4 D) 3, 4

  • Bu ko’chada ham faqatgina imorat xolos-da, boshqa hech narsa yo’q-ku. Bu gapdagi yuklamalar sonini aniqlang.
    A) 5 B) 4 C) 3 D) 6

  • Qaysi qatordagi so’zlarning ikkinchisi yordamchi so’z hisoblanadi?
    A) uyga ketmoq, isib ketmoq
    B) uyning ichi, hafta ichi
    C) hafta ichi, uyga ketmoq
    D) isib ketmoq, hafta ichi

  • So’zlarga qo’shilib yoziladigan yuklamalar berilgan qatorni aniqlang.
    A) -chi, -ku, -da B) -a, -yoq, -ya
    C) -u, -yu, -da D) -mi, -oq, -gina

  • Ota-onang qo’ygan otlariga mag’rur bo’lmagil, bu ot yolg’iz tashqi ko’rinishgina, xolos. Ushbu gapda yuklama vazifasida qo’llangan birliklarni toping
    A) -gina B) xolos
    C) yolg’iz D) -gina, xolos, yolg’iz

  • -u (-yu) yuklamasi qaysi holda so’zga qo’shib yoziladi?
    A) ta’kid yuklamasi vazifasida qo’llangan barcha o’rinlarda
    B) zidlov bog’lovchilar vazifasida qo’llanganda
    C) teng bog’lovchilar vazifasida qo’llangan barcha o’rinlarda
    D) -u(-yu) yuklamalaridan oldin barcha hollarda chiziqcha qo’yiladi

  • So’zlarda -gina yuklamasidan so’ng qaysi qo’shimchalar qo’shlishi mumkin.
    A) kelishik qo’shimchasi
    B) egalik qo’shimchasi
    C) -lar ko’plik qo’shimchasi
    D) hech qanday qo’shimcha qo’shilmaydi

  • Qaysi qatorda ayiruv-chegaralov yuklamasi berilgan?
    A) -gina B) -ku, -da C) -a D) ham

  • Qaysi qatorda xususiyat yordamchi so’z turkumlariga oid so’zlarga xos emas?
    A) grammatik ma’noga egalik
    B) lug’aviy ma’noga egalik
    C) grammatik vazifaga egalik
    D) biror gap bo’lagi vazifasida kela olmaslik

  • O’shanda ham imorat xolos-da, boshqa hech narsa yo’q (A.Q). Ushbu gapdagi ta’kid-kuchaytiruv yuklamasi berilgan qatorni toping. A) ham B) xolos C) -da D) boshqa

  • Orif akaning to’yi naq ko’nglidagiday o’tdi. Ushbu gapdagi naq so’zi qaysi so’z turkumiga mansub?
    A) sifat B) ravish C) olmosh D) yuklama

  • Yordamchi so’zlar qatnashgan gapni aniqlang.
    A) Inson go’zallik uchun intiladi, yorqin ufuqlar sari oshiqadi.
    B) Zokir ota, shubhasiz, tajribali paxtakor, qo’li gul odam.
    C) Eh, bugun toqqa ketamiz!
    D) Xotin yaktakni olib yoniga qo’ydi, aftidan, hozir tikmoqchi emas edi.

  • Tog’larda hatto yoz oylarida ham yomg’ir yog’adi. Ushbu gapda yuklamaning qaysi turi qo’llangan?
    A) so’roq yuklamasi
    B) ta’kid yuklamasi
    C) ayiruv yuklamasi
    D) ushbu gapda yuklama qo’llanmagan.

  • Omonim yuklamalarni toping.
    A) -gina(-kina, -qina) B) -u(-yu), -da, -a
    C) -mi, -chi, -ku, hatto D) A va C

  • Sinonim yuklamalar qatorini belgilang.
    A) faqat, yolg’iz, -gina B) -u(yu), -da, -a
    C) -mi, -chi, -ku, -ya D) hatto, -gina (-kina, -qina)

  • Axir Marg’ilonda bizning ham shunday kelinimiz bor ekan-u, bilmay yurgan ekanmiz-da.
    Gapdagi yuklamalar sonini aniqlang.
    A) 3 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 5 ta

  • Qaysi gapda -u(-yu) yuklamasi biriktiruv bog’lovchisi vazifasida kelgan?
    A) Necha marta ucharashay dedim-u, vaqtim bo’lmadi.
    B) Oynisa G’ulomjonni ko’rdi-yu, unga tomon borishga jur’at etolmadi.
    C) Nasimjon o’rnidan turdi-yu, eshik tomon yurdi.
    D) Odamlar kelayotibdi-yu, siz ketasizmi?

  • Qaysi qatorda ta’kid-kuchaytiruv yuklamasi berilgan?
    A) -gina B) -da C) -a D) -mi

  • So’zga qo’shilib yoziladigan yuklama berilgan qatorni toping.
    A) -da B) -a C) -u D) –oq


  • Download 38.43 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling