Yorug‘likning elektromagnit tabiati, Maksvel tenglamalari Elektromagnit to‘lqin eltadigan energiya. Umov – Poynting vektori
Download 140.49 Kb.
|
1460899758 64361
Maksvellning fikricha, , ya’ni muhitning sindirish ko‘rsatkichi muhitni xarakterlovchi boshqa konstantalar bilan, chunonchi dielektrik singdiruvchanlik bilan bog‘langan bo‘lib chiqadi (ko‘pchilik jismlarning magnit singdiruvchanligi 1 ga yaqin, bundan tashqari tekshirishlarning ko‘rsatishicha yorug‘lik to‘lqinlari kabi shunday katta chastotali jarayonlar uchun magnit singdiruvchanlik kattaligini har qanday muhit uchun 1 ga teng deb hisoblashimiz mumkin).Bundan keyingi tadqiqotlar sinish ko‘rsatkichini chastotaga bog‘liq ekanligini (dispersiya) ko‘rsatdi va demak, Maksvell nazariyasi takomillashtirishga muxtoj: o‘zgarmas elektr maydonda o‘tkazilgan tajribalardan olingan dielektrik singdiruvchanlik (statik dielektrik singdiruvchanlik) qiymatidan bevosita foydalanish mumkin emas, balki tez o‘zgaruvchan elektr maydoni ta’siri ostidagi muhitni xarakterlovchi singdiruvchanlik qiymatini hisobga olish kerak.Yorug‘likning elektromagnit nazariyasi ko‘pgina optik hodisalarni tushuntirishga muvoffaq bo‘ldi. Masalan, interferensiya, difraksiya, qutblanish va boshqalar. Biroq bu nazariya yorug‘lik tabiatini butunlay tushuntira olmadi. XX asrning boshlariga kelib bu nazariya fotoeffekt, mutloq qora jism nurlanishi, Kompton effekti kabi hodisalarni, ya’ni yorug‘likni modda bilan o‘zaro ta’sirini tushuntira olmadi. Atom o‘lchamidagi hodisalarni tushuntirishga ojizlik qildi. Bunday hodisalarni tushuntirish uchun kvant tushunchasi kiritildi. Fan yana korpuskula tushunchasiga qaytdi.Hozirgi vaqtda biz optik va elektromagnitik hodisalar orasida uzviy bog‘lanish borligini isbotlaydigan keng ma’lumotlarga egamiz, binobarin, yorug‘likning elektromagnitik nazariyasi ham nazariy jihatdan, ham eksperimental jihatdan puxta asoslangandir. Yuqorida aytganimizdek, yorug‘lik inson hayotida muhim o‘rin tutadi. Inson o‘zini o‘rab turgan olamni anglashda asosiy ko‘p ma’lumotni yorug‘lik yordamida oladi. Biroq optika fizikaning bo‘limi bo‘lib, u yorug‘lik deganda faqatgina ko‘rish sohasini emas balki infraqizil sohani va ultrabinafsha sohalarni o‘z ichiga oladi va optik soha deb yuritiladi. O‘zining fizik xossalari bilan yorug‘lik boshqa elektromagnit nurlanishlardan hech qanday farq qilmaydi, faqatgina farq - to‘lqin uzunligi va - chastotasidadir. 2.2-rasm elektromagnit to‘lqinlar shkalasi to‘g‘risida tasavvur beradi.Download 140.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling