Yorug‘likning elektromagnit tabiati, Maksvel tenglamalari Elektromagnit to‘lqin eltadigan energiya. Umov – Poynting vektori


Download 140.49 Kb.
bet1/13
Sana19.06.2023
Hajmi140.49 Kb.
#1605928
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1460899758 64361

Yorug‘likning elektromagnit to‘lqin tabiati

Reja:



  1. Yorug‘likning elektromagnit tabiati, Maksvel tenglamalari

  2. Elektromagnit to‘lqin eltadigan energiya. Umov – Poynting vektori

  3. Yorug‘lik bosimi

  4. Elektromagnit to‘lqinning fazaviy va gruppaviy tezligi

  5. Elektromagnitik to‘lqinlar shkalasi.

  6. Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar

1. Yorug‘likning elektromagnit tabiati

XIX asrning o‘rtalarida to‘lqiniy nazariya tan olingan bo‘lsada, yorug‘lik to‘lqinining tabiati to‘g‘risidagi savol javobsiz edi. ХIХ asrning ikkinchi yarmida (1864 yil) J.Maksvell elektr va magnit maydon qonunlarini chuqur analiz qilib, elektromagnit maydon nazariyasini ishlab chiqdi va o‘zining nomi bilan ataladigan tenglamalarni taklif etdi.

Bizga elektromagnitizm kursidan ma’lumki, muhitning biror joyida o‘zgaruvchan elektr toki vujudga kelishi bilan bir vaqtda atrofdagi fazoda o‘zgaruvchan magnit maydoni paydo bo‘ladi. Bu vujudga kelgan elektr tebranishi o‘z joyda qolmaydi, balki elektromagnitik to‘lqin qo‘rinishida tarqalib, fazoning tobora yangi–yangi qismlarini birin ketin egallab boradi. Bu jarayonni yuzaga keltiruvchi elektromagnitizm va elektromagnitik induksiya hodisalari elektr (Е) va magnit (В) maydonlari kuchlanganliklari o‘zgarishlari orasidagi munosabatni aniqlovchi J.Maksvell tenglamalarida o‘zining qisqa matematik ifodasini topadi. Maksvelning tajriba ma’lumotlariga muvofiq mulohazalari shuni ko‘rsatadiki, elektr va magnit vektorlari bir-biriga hamda elektromagnitik to‘lqinning tarqalish yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘ladi. Е elektr maydoni z o‘qi bo‘ylab, В magnit maydoni esa у o‘qi bo‘ylab yo‘nalgan eng sodda yassi to‘lqin holida Maksvell tenglamalari quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:


Download 140.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling