(2.11) bu yerda energiyaning ko‘chish tezligi. Energiya oqimi zichligining kattaligi vaqt bo‘yicha o‘zgarishi tufayli uning vaqt bo‘yicha o‘rtacha qiymatini aniqlash amaliy ahamiyatga egadir. Bu kattalikka elektromagnit to‘lqin intensivligi deyiladi va son jihatdan (2.12) formula yordamida aniqlanadi. (2.12) Bu yerda I yorug‘lik quvvatini xarakterlovchi kattalik bo‘lib, uning intensivligini xarakterlaydi. n - muhitning sindirish ko‘rsatkichi, Е - yorug‘lik to‘lqini elektr maydon kuchlanganligi. с - yorug‘likning bo‘shliqdagi tarqalish tezligi. Odatdagi yorug‘lik manbalarining intensivligi 10 Vt/sm2 dan oshmaydi. Ayrim yorug‘lik manbalari bilan olib boriladigan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, optik hodisalar xarakteri nurlanish intensivligiga bog‘liq emas. Bunday hodisalarga chiziqli hodisalar va uni o‘rganuvchi optika bo‘limiga chiziqli optika deyiladi. Quvvati 108 Vt/sm2 va bundan katta yorug‘lik manbalari (lazerlar) bilan olib borilgan juda ko‘p tajribalar shuni ko‘rsatadiki, optik hodisalar xarakteri sezilarli darajada nurlanish intensivligiga bog‘liq bo‘ladi. Optik hodisalar xarakteri nurlanish intensivligiga bog‘liq bo‘lishini o‘rganuvchi optikaning bo‘limiga chiziqli bo‘lmagan optika deyiladi. 3. Yorug‘lik bosimi Yorug‘likning moddaga ko‘rsatadigan turli ta’sirlari orasida uning bosimi juda katta ahamiyatga ega. Yorug‘likning bosimi yorug‘lik elektromagnitik nazariyasining rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Olimlar kometalarning harakatini kuzatib, kometalar Quyosh yaqinida harakat qilganlarida, ularning gaz va chang zarralaridan tarkib topgan dumi doimo Quyoshga nisbatan teskari tomonga qaraganligini va kometa Quyoshga yaqinlashgan sari dumining cho‘zila borishini aniqlaganlar. 1619 yildayoq Kepler kometalarda dum hosil bo‘lishini Quyosh nurlari bosimining natijasi sifatida tushuntirishga uringan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |