Yorug‘likning elektromagnit tabiati, Maksvel tenglamalari Elektromagnit to‘lqin eltadigan energiya. Umov – Poynting vektori


Yorug‘likning Maksvell yaratgan elektromagnit nazariyasi yorug‘lik oqimi biror jism sirtiga tushganda, bu sirtga bosim ta’sir ko‘rsatishi kerak, deb tasdiqlaydi


Download 140.49 Kb.
bet8/13
Sana19.06.2023
Hajmi140.49 Kb.
#1605928
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1460899758 64361

Yorug‘likning Maksvell yaratgan elektromagnit nazariyasi yorug‘lik oqimi biror jism sirtiga tushganda, bu sirtga bosim ta’sir ko‘rsatishi kerak, deb tasdiqlaydi.

Bu nazariy bashoratni tasdiqlash sohasida qilingan ko‘pdan – ko‘p urinishlar muvofaqiyatsiz chiqdi. Ko‘pgina olimlar yorug‘lik bosimini sezish mumkinligiga hatto ishonmadilar ham. Biroq rus fizigi, Moskva universitetining professori P.N.Lebedev hamma qiyinchiliklarni yengib, juda ham nozik va murakab tajribalar o‘tkazish yo‘li bilan yorug‘likning avval qattiq jismlarga (1899 yilda), so‘ngra esa gazlarga (1909 yilda) bo‘lgan bosimini payqashga va ulchashga muvoffaq bo‘ldi.

Yorug‘likning gazlarga bo‘lgan bosimining eksperiment yo‘li bilan payqalishi Keplerning kometalar dumini quyosh nurlari itaradi, degan gipotezasini tasdiqladi. Lebedev tajribalaridan so‘ng, kosmik jarayonlarga oid hamma nazariyalarda yorug‘lik bosimi hisobga olinadigan bo‘ldi.

2.4-rasmda shunday qurilmaning chizmasi ko‘rsatilganki, P.N.Lebedev ana shu qurilmadan foydalanib, yorug‘likning qattiq jismlarga bo‘lgan bosimini payqashga va uni o‘lchashga muvoffaq bo‘lgan.

Elektr yoyi В dan kelayotgan yorug‘lik linza va ko‘zgular sistemasidan o‘tib, burama tarozining yengil diski R tushadi, burama tarozi havosi so‘rib olingan shisha ballon ichiga ingichka ip bilan osib qo‘yilgan. Burama tarozining yorug‘lik dastasi ta’siri ostida qancha burilishiga qarab yorug‘lik bosimining kattaligi haqida fikr yuritish mumkin bo‘ldi. Shu narsa ajoyibki, Lebedevning bu tajribasida yorug‘lik energiyasi to‘g‘ridan–to‘g‘ri mexanik energiyaga aylanadi.

2.3-rasm. Yorug‘lik bosimini kuzatish uchun yasalgan a va b qanotchalar.

2.4-rasm. Lebedevning yorug‘lik bosimini o‘lchash tajribasining chizmasi.

Lebedev yorug‘likning qattiq jismlarga bo‘lgan bosimini o‘lchashda katta qiyinchiliklarni yechishga to‘g‘ri keldi. Bu qiyinchiliklar nimadan iborat edi?


Download 140.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling