Yorug’likning ikkilamchi sinishi
[2].F.X.Tuxvatullin,SH.Fayzullayev,A.Jumaboyev,G.Murodov”Optika” o’quv qo’llanma 1-qism.Samarqand
Download 1.19 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi u
[2].F.X.Tuxvatullin,SH.Fayzullayev,A.Jumaboyev,G.Murodov”Optika” o’quv qo’llanma 1-qism.Samarqand.
2.2.Elektr maydonida yorug’likning ikkilamchi sinishi Kerr hodisasini nazariy jihatdan bayon etish uchun ancha oddiy bo’lgan sharoitlarda masalan, gazlarda kuzatilgan, vaholanki dastlabki kuzatishlar qattiq jism va suyuqliklarda kuzatilgan; qattiq jism va suyuqliklarda bu effekt ancha kuchli bo’ladi. Undan tashqari bir jinsli tashqi elektr maydonining molekulalarga ko’rsatadigan ta’sirining mohiyati mexanik deformatsiyalar effektiga qaraganda oson va tushunarlidir; mehanik deformatsiya effektlarini bayon qilish molekulalar orasida deformatsiyalar tufayli o’zgaradigan elektromagnit maydonlarning molekulalarga ko’rsatadigan ta’sirini tadqiq etishni, ya’ni yaxshi o’rganilmagan juda murakkab faktorining ta’sirini tadqiq etishni talab qiladi. Shu bilan birga Kerr hodisasi keying yillarda nihoyatda muhim ilmiy va ilmiy-texnik sohalarda tadbiq etiladi; bular Kerr hodisasining amalda inersiyasiz yuz berishiga, ya’ni tashqi maydonning juda tez bo’ladigan o’zgarishlari orqasidan borishiga asoslanadi. Shunday qilib elektr maydonida nurning ikkiga ajralib sinish hodisasi nazariy tomondan ham, amaliy tomondan ham juda muhim va qiziqarli hodisalar jumlasiga kiradi. Kerr ko’pgina suyuq dielektriklar elektr maydoni ta’siri ostida anizatrop bo’lib qolishini ko’rsatgan.Suyuq dielektriklar bilan o’tkazilgan tajribalar hal qiluvchi axamiyatga ega, chunki suyuq moddalarda elektr maydoni ta’siri ostida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan deformatsiya (elektrostriktsiya) nurning ikkiga ajralib sinishi hodisasini yuzaga keltirmaydi, shuning uchun suyuqlik bilan o’tkaziladigan tajribalarda elektrostatik hodisalar sof holda bo’ladi. Kerr tavsiflab bergan effekt elektr maydoni ta’sirida moddaning optik xossalari o’zgarishi mumkin ekanligining birinchi dalili bo’lib qoldi. Faradey kashf etgan mashhur hodisa (magnit maydonida qutblanish tekisligining aylanish hodisasi, 1846-y) bilan bir qatorda Kerr hodisasi yorug’likning elektromagnitik nazariyasini asoslashda muhim ro’l o’ynaydi; ma’lumki .Faradey hodisasi tadbiq etilgan birinchi magnit optik effekt edi.Bundan ancha keyin (1930-y va undan keyin) bug’ va gazlarda elektr maydoni ta’siri ostida nurning ikkiga ajralib sinish hodisasi kuzatildi. Bu holdagi o’lchash ishlari effektning zaifligi tufayli suyuqliklardagi o’chashishlaridan ko’p qiyin bo’lib shunga qaramasdan hodisaning nazariyasi kamroq pisandalar bilan qo’llaniladi. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling