Yorug’likning ikkilamchi sinishi
[ 3 ]. G.S.Landsberg “Optika” Toshkent-“o’qituvchi” 1981
Download 1,19 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi u
[ 3 ]. G.S.Landsberg “Optika” Toshkent-“o’qituvchi” 1981.
2.3.Magnit maydonida yorug’likning ikkilanib sinishi. (Kotton-Muton hodisasi) Elektr maydonida nurning ikkiga ajralib sinishiga o’xshash magnit maydoni ta’sirida ham sun’iy anizotropiya yuzaga keltirish mumkin.Agar anizotrop molekulalar o’zgarmas elektr momentiga ega bo’lganiga o’xshab qo’shimcha ravishda o’zgarmas magnit momentiga ega bo’lsa (paramagnit jism), ularning magnit maydoni ta’siri ostidagi harakteri elektr maydonida bo’ladigan hodisaga o’xshash bo’lishi kerak.Garchi alohida molekulalar anizotrop bo’lsa-da, tashqi magnit maydoni bo’lmaganda molekulalar xaotik joylashgani tufayli muhit makroskopik jihatdan izotrop bo’ladi.Molekulalarning bu tashqi maydonga nis- batan ma’lum tartibda joylashib qoladi.Anizotrop molekulalarning ma’lum tartibda joylashishi oqibatida butun muhit anizotropiya xossalariga molik bo’ladi, bu xossalarni odatdagi usul bilan kuzatish mumkin.Haqiqatan ,ham, yorug’likning tarqalish chizig’iga ko’ndalang yo’nalgan kuchli magnit maydoni ta’siri ostida nurning ikkiga ajralib sinish hodisasi yuz bergani aniqlandi. Bu tajribaning sxemasi Kerr hodisasini kuzatishda qo’llanilgan sxemaga o’xshaydi. Magnit maydonida nurning ikkiga ajralib sinish hodisasining bu tajribalarga asoslanib chiqariladigan qonuni Kerr hodisasining qonuniga o’xshaydi, masalan, bu qonun quyidagi ko’rinishda bo’ladi: — = D yoki = =Cl (12) buyerda H — magnit maydonining kuchlanganligi, C = muhitning xossalariga bog’liq bo’lgan doimiy miqdor. Bu doimiyning qiymati juda kichik, shuning uchun katta hajmlar ichida kuchli maydonlar hosil qilishga imkon beruvchi kuchli magnit ishlatish tufayli natija olish mumkin bo’ldi. Masalan, nitrobenzolda C = 2,53 SGSM ekanligi topilgan. Bu esa, masalan, 20000 E maydonda yorug’likning yo’l uzunligi 8 sm bo’lganda ikki komponentaning yo’l farqi 0,008 λ ga teng ekanini bildiradi; bu yo’l farqi fazalarning atigi li farqiga mos keladi. Tavsif etilayotgan hodisaning qonuniyatlari va nazariyasi Kerr hodisasining qonuniyatlari va nazariyasiga butunlay o’xshaydi. Magnit maydonida yorug’likning ikkiga ajralib sinish hodisasi 1905 yilda Kotton va Muton tomonidan kashf etildi. Bu hodisani mohiyati quyidagidan iborat (17-rasm). Magnitning ikki qutblari o’rtasiga izotrop suyuqlikni joylashtirsak, magnit maydoni ta’siri ostida izotrop jism bir o’qli kristall hossasiga ega bo’ladi va bu jismning optik o’qi magnit maydon yo’nalishiga parallel bo’ladi. Bu holda ham yorug’lik ikkiga ajralib sinadi: oddiy va g’ayrioddiy nurlar hosil bo’ladi. (O va N nurlar). 17 – rasm 18-rasm. 18/19-rasmlar. Magnit maydonida yorug’likning ikkilanib sinishi. 19-rasm. Kotton – Muton doimiysi Ck-m quyidagicha aniqlanadi. (13) n-moddaning sindirish ko’rsatkichi, H-magnit maydon kuchlanganligi. Ck-m o’rniga ko’pincha C ishlatiladi. (14) Kotton-Muton hodisasi Kerr samarasining kelib chiqishiga o’xshatib tushuntiriladi.Bu hodisani suyuqliklarda kuzatish uchun magnit maydon kuchlanganligi 102 A\M chegarasida bo’lishi kerak.⦋4⦌ 20-rasm. Kotton-Muton effekti. [ 4 ]. D.V.Suvuxin.“Optika“.M.Nauka, 1960. XULOSA
Download 1,19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling