Yorug’likning sochilishi xira muhitlarda yorug’likning sochilishi


Download 28.98 Kb.
bet2/5
Sana22.04.2023
Hajmi28.98 Kb.
#1381904
1   2   3   4   5
Bog'liq
yorug\'lik sochilishi word

J~ w4~1/ λ4
Bu bog’lanish Reley qonuni nomi bilan yuritilgan. Yorug’lik to’lqini ta’siridagi elektronning harakati garonik r = rm coswt qonun bo’yicha sodir bo’ladi. bu holda tezlanish w2 ga proporsional. Demak nurlanish intensivligi w4 ga proporsional qonuniyatining namoyon bo’lishini loyqa suyuqlik solingan idishdan oq yorug’lik dastasini o’tkazib kuzatish onson. Yorug’likning sochilishi tufayli dastaning suyuqlikdagi izi idishning yon tomonidah yaxshi ko’rinadi, yorug’likning qisqa to’lqinlari uzunlariga qaraganda kuchlik sochilganligi sababli bu iz havo rang bo’lib ko’rinadi. Suyuqlikdan o’tgan dasta katta uzun to’lqinli nurlanish bilan boyib, E ekranda, oq rangning o’rniga qizg’ish sariq dog’ hosil qiladi. Dastaning idishda kirish oldiga polyarizator qo’yib, birlamchi dasta yo’nalishiga perpendikulyar bo’lgan turli yo’nalishlarda. Sochilgan yorug’lik intensivligining bir xil bo’lmaganini sezamiz. Dipol’ nurlanishning yo’nalishga ega bo’lishi birlamchi dastaning tebranish tekisligi bilan mos tushgan yo’nalishlarda sochilgan yorug’lik intensivligining amalda nolga teng bo’lishiga tebranish tekisligiga tik yo’nalishda maksimal bo’lishiga olib keladi. Optikaviy bir jinslimaslik namoyon bo’lish sababini zichlik fluktuasiyasidan deb topdilar. Bu fluktuasiyalar modda molekulalarining tartibli harakati tufayli yuzaga keladi: shuning uchun molekulalar sababchi bo’lgan yorug’likning bu tur sochilishi deb atalgan. Zichlik fluktuasiyasining ortishi uchun ayniqsa modda kritik holatining yaqinida qulay sharoit yuzaga keladi. Bu fluktuasiyalar yorug’likning shunday intensiv sochilishiga olib keladiki, yorug’lik yo’lidagi modda solingan ampula butunlay qora bo’lib ko’rinadi.
YORUG’LIKNING YUTILISHI muhitdan o’tayotgan yorug’lik intensivligining yorug’likning muhitdagi zarralar bilan o’zaro ta’siri natijasida kamayishi. Bunda, odatda, muhit isishi, ionlanishi yoki atom va molekulalari g’alayonlanishi mumkin. Yutilgan yorug’lik kvanti yutuvchi muhit elektronlari bilan o’zaro ta’sirlashib, energiyasini ularga uzatadi. Demak, yorug’lik yutilsa, uning intensivligi kamayadi; intensivlik kamayishi quyidagicha ifodalanadi: 1=10e~”x. Buger—Lambert—Ber qonuniga asosan yorug’lik intensivligi yutuvchi muhit qatlami qalinligi x ga bog’liq holda eksponentsial kamayadi. / — x qatlamdan o’tgan yoruglik intensivligi; /0 — muhitga tushayotgan yorug’lik intensivligi; ts — muhit xossasiga bog’liq yutish koeffisienti. Yutish koeffisienti yutilgan yorug’lik chastotasi v (to’lqin uzunligi X) ga bog’liq, lekin uning intensivligiga va demak, yutuvchi muhit qatlamining qalinligiga bog’liq emas. Formuladagi x= ^ deb olinsa, ///0=e bo’ladi, ya’ni bunday muhitda yorug’lik intensivligi e=2,72 marta kamayadi. Yutish koeffisienti yorug’lik chastotasi (to’lqin uzunligi) ga bog’liq. Atom yoki molekulalari o’zaro ta’sirlashmaydigan muhit (past bosimda gaz yoki metal bug’lari) uchun yutish koeffisienti ba’zi to’lqin uzunliklarda nolga teng bo’ladi. Metallda erkin elektronlar mavjudligi sababli, metallarning yutish koeffisienti juda katta, yupqa qatlami ham yorug’likni deyarli to’la yutadi. Yorug’lik ta’sirida erkin elektronlarning harakatchanligi kuchayadi, katta chastotali tok hosil qiladi. Natijada yorug’lik energiyasi metallning ichki energiyasiga aylanishi tufayli, intensivligi tez kamayadi. Yarimo’tkazgichlar yorug’likni metallardan kamroq, dielektriklar yarimo’tkazgichlardan ham kamroq yutadi. Dielektriklarda barcha elektronlar bog’langan. Bog’langan elektronlarning majburiy tebranish chastotasi katta, amplitudasi kichik, demak, yutish koeffisienti ham kichik bo’ladi. Dielektrikning yutishi selektiv (tanlovchan) xarakterga ega, ya’ni yutilgan yorug’likning chastotasi elektronning majburiy tebranish chastotasiga mos kelgandagina yutilish koeffisienti ortadi. Eritmalarda Yorug’likning yutilishi ularning kontsentrasiyasi, temperaturasi va xossalariga bog’liq bo’ladi. Jismlar tuzilishini o’rganishda, geliotexnika va kimyo sanoatida Yorug’likning yutilishi hodisasidan foydalaniladi.

Download 28.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling