Yosh anatomiyasi, fiziologiyasi va gigiyenasi
Download 1.14 Mb.
|
ANATOMIYA AMALIY MASHG`ULOY
O’quv jihozlari: Tarozi, bo’y o’lchagich, santimetrli lenta, spirometr, qo’l dinamometri.
Nazariy qism: Antropometrik ko’rsatkichlar somotoskopik, somotometrik va fiziometrik tekshirish o’tkazish orqali aniqlanadi. 1. Somotoskopiya (tashqi kuzatish)da terining elastikligi, skelet muskullarining rivojlanganligi, skelet (ko’krak qafasi, oyoqlar qomat)ning normada rivojlanganligi aniqlanadi? bunda: a) terini elastikligi bosh va ko’rsatkich barmoqlar bilan teri yuqoriga tortib qo’yib yuborish yo’li bilan aniqlanadi, ya’ni terini qo’yib yuborganda terida hech qanday iz qolmasa elastikligi yaxshi hisoblanadi; b) skelet va muskullarning rivojlanganligi ko’z orqali aniqlanadi, ya’ni skeletda normadan chetlanishlar bo’lmasa, muskullar shakli bilinib tursa (teridan bo’rtib chiqqan bo’lsa) rivojlangan hisoblanadi; v) ko’krak qafasining shakli ko’z orqali kuzatilib, silindrsimon, konussimon, yassi shakllari aniqlanadi; g) oyoqlar shakli tizza va to’piqning tegib turishi orqali aniqlanadi, ya’ni son, boldirlar, tizzalar bir-biriga tegib tursa normal, to’piqlar bir-biriga tegib turganda boldirlar tegmasi O shaklidagi oyoq va tizzalar tegib turganda boldirlar hamda to’piq tegmasa X shaklidagi oyoq hisoblanadi; d) yassi oyoqlilik oyoq izi shakliga qarab aniqlanadi, ya’ni oyoqning chetlarining izi tushib, o’rta qismini izi tushmasa normal, barcha qismining izini tushishi yassi oyoqlilik hisoblanadi; e) qomatning shakli ko’z orqali kuzatilib, normal, egilgan (boshi bir oz oldinga egilgan, yelkalari oldinga osilgan, ko’krak qafasi botiqroq, qorni oldinga chiqqan), lordoz (umurtqaning bel qismi normadan ko’proq oldinga bukilgan qorin chiqqan), kifoz (kuraklar qanotga o’xshash ko’tarilib turadi, bukir holat), skolioz (yelkalarining biri past, biri baland) qomat shakllari aniqlanadi. 2. Somotometriyada bo’yning balandligi (tik va o’tirgan holda) vazni, ko’krak qafasining aylanasi, bosh aylanasi o’lchanadi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling