Yosh anatomiyasi, fiziologiyasi va gigiyenasi


Download 1.14 Mb.
bet20/58
Sana19.01.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1101063
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   58
Bog'liq
ANATOMIYA AMALIY MASHG`ULOY

So`rilish. Ovqat moddalari ximik, mexanik, ta'sirlar natijasida parchalanib, suvda erigan holga kelgandan so`ng ichak devorlaridan qon tomirlari va limfaga so`riladi. Me'dada suv, alkogol, ba'zi oziqa moddalari, qisman uglevodlar so`rila boshlaydi. Yangi tug`ilgan bolalarda me'da ko`proq ovqat moddalari so`riladi. Yosh ortishi bilan so`rilish kamayadi. Ichakning shilliq qavatida juda ko`p miqdorda so`rgichlar bo`ladi. (Har bir mm2 22-40 ta). Ichak so`rgichlarining qisqarishini piyoz, chesnok va qalampir 5 marta tezlashtiradi. So`rgichlar qon tomirlariga juda boy. Oqsillar ichak devorlaridan aminokislotalari holida, uglevoddan suvda erigan monosahariddan, yog``lar esa yog`` kislotasi va glitsirin xolida qon va limfaga so`riladi. Bolalarda ichakdan juda oz miqdorda oqsillar so`riladi. Suv va uglevoddan yo`g`on ichak devorlaridan yaxshi so`riladi (katta odamlarda). Bolalarda ichakdan aminokislotalar va monosaharidlarni so`rilishi katta odamdagi so`rilishga nisbatan tez bo`ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan so`rilish kamayadi. Shuningdek tuzlarning so`rilishi ham susayadi. Tuzlarning so`rilishi maktab o`quvchilarida bog`cha bolalariga nisbatan 2 marta ortiq. Jinsiy balog`at yoshida so`rilish yana kamayadi. Issiq sharoitda bolalarning ovqatlanish vaqti va gigiyenasiga e'tibor berish kerak. Bu sharoitda bog`cha yoshidagi bolalarda yog``ning hazm bo`lishi qiyinlashadi, chunki yuqori temperaturada me'da, ichak, me'da osti bezidan shirani ajralishi, me'da shirasining kislotaligi juda kamayib ketadi. Buning natijasida ba'zi qiyin hazmlanadigan ovqat moddalari hazm bo`lmay, hazm kanallida chiriy boshlaydi. Buning natijasida bola turli mikroblarga qarshi kurash qobiliyatini susaytiradi va u dizenteriya, dispepsiya kasalliklariga yo`liqadi.
Bolalar orasida me'da — ichak kasalliklari 1 yoshgacha — 40%, 5 yoshgacha-30% va 5 yoshdan yuqorilarda 15-20% tashkil etadi. Noto`g`ri ovqatlanish, ovqatlanish gigiyenasining buzilishi, issiq sharoit og`riq bolalarda ovqat hazm qilish organlarining yomon ishlashiga olib keladi. Bolalar ovqat hazm qilish sistemasining harakterli belgisi: shilliq, qavati nozik, qon va limfa tomirlariga boy, elastikligi sust. Bu esa me'da-ichak traktining tez yallig`lanishiga va kasallikning og`ir kechishiga sabab bo`ladi. Bundan tashqari ichak devorlari yuqori o`tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Bu esa mikroblarning ichak devorlaridan bemalol o`tishini ta'minlaydi. Bolalarda me'da shirasida kislotalik kam bo`ladi, fermentlar kam hazm qilish xususiyatiga ega. Buning natijasida ovqat yaxshi parchalanmaydi va tozalanmaydi va zaharli moddalarning hosil bo`lishiga olib keladi. Jigarning etarli rivojlanmaganligi ham bolalarda me'da ichak kasallarini keltirib chiqaradi.



Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling