Yosh anatomiyasi, fiziologiyasi va gigiyenasi
Download 1.14 Mb.
|
ANATOMIYA AMALIY MASHG`ULOY
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAYANCH-HARAKAT APPARATINING YOSH HUSUSIYATLARI.
- Suyaklarning tuzilishi va tarkibi
Topshiriqlar:
1. Somotoskopiya tekshirish usulini o’tkazing va jadvalni to’ldiring.
2. Somotometrik o’lchamlarni aniqlang va jadvalni to’ldiring.
TAYANCH-HARAKAT APPARATINING YOSH HUSUSIYATLARI. Tayanch-harakat sistemasiga suyaklar va muskullar kiradi va yagona suyak-muskul sistemasini hosil qiladi. Skelet va muskullar organizm uchun tayanch bo'lib, ichki organlarni himoya qilish vazifasini ham bajaradi. Tayanch-harakat sistemasi yordamida organizmning eng muhim funksiyalaridan biri hisoblangan-harakat vujudga keladi. Tayanch-harakat sistemasining uyg'unlashgan faoliyati markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi. Suyaklarning tuzilishi va tarkibi. Odam tanasidagi barcha suyaklar birikkan holda skelet deb yuritiladi va ular organizmda asosan uch xil funktsiyani bajaradi. Ularga tayanch, himoya va suyaklarning ko`mik qismida qonnning shaklli elementlari (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) ishlab chiqariladi. Odam tanasida jami 206 ta suyak bo`lib, ularning 85 tasi juft 36 tasi toq suyaklardan tashkil topgan. Suyaklarning vazni: katta odamlarda ya'ni erkaklar umumiy tana vazning 18 %, ayollarda 17 % , Yangi tug`ilgan bolalarda tahminan 14 % ni tashkil etadi. Har bir suyak suyak to`qimasi, suyak usti pardasi va suyak miyasidan tuzilgan bo`lib, qon va limfa tomirlari hamda nerv tolalari bilan ta'minlangan. Suyaklarning yuzasi pishiq yupqa parda yoki suyak usti pardasi bilan qoplangan. Bu parda biriktiruvchi to`qimadan iborat bo`lib, unda qon, limfa tomirlari va nerv tolalari bo`ladi. Bu parda suyakni oziq modda bilan ta'minlashda, singanda, yorilganda jarohatning bitishida katta rol o`ynaydi. Suyak tarkibida 60 % mineral moddalar 30 % organik moddalar, 10 % suv bo`ladi. Organik moddalardan oqsillar, uglevodlar, fermentlar bo`ladi. Meniral moddalar suyaklarga qattiqroq, organik moddalar qayishqoqlik beradi. Bola tug`ilganida yoki yosh bolalarda suyak to`qimasida ko`proq organik moddalar ko`p bo`ladi. Shuning uchun ham ularning suyaklari nisbatan qayishqoq va elastik bo`ladi. Masalan: bolalarnnig noto`g`ri harakat qilishi yoki o`tirishi, yotqizish oqibatida ayrim qismlari qiyshayib qolishi mumkin. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling