Yurak-tomir sistemasi gigiyenasi. Kun tartibi yurak-tomir sistemasiga kuchli ta'sir etadi. Bolaning kun tartibi to'g'ri tashkil etilsa, yurak-tomir sistemasi bekami ko'st ishlaydi ham ular bajaradigan jismoniy ish va mashqlarning jadalligi va og'ir yengilligi ularning yoshiga mos bo'lishi kerak, ayniqsa salbiy his-hayajon, chekish, spirtli ichimliklar ichish, uzoq muddat harakatsizlik yurak-tomir sistemasi ishini buzadi.
Bolalarning kiyimi, poyabzali qon aylanishini qiyinlashtirmaydigan vena tomirlarida qon dimlanib qolishiga yo'l qo'ymaydigan bo'lishi kerak. Payabzal tor bo'lsa oyoqning qon bilan ta'minlanishi qiyinlashadi. Oyoqda turli qadoq, yara paydo bo'ladi. Bolalarning sof havoda bo'lishi, jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishi, vaqtida ovqatlanishi yurak-tomirlarining normal ishlashida muhim ahamiyatga ega.
Tekshirish savollari:
Qonning vazifalari.
Qonning fizik va ximiyaviy xususiyatlari.
Qonning bola va katta yoshli odamda miqdori va qon tomirlarda harakatlanishi.
Qon xususiyatlarining yoshga qarab o`zgarishi.
Qon plazmasining xususiyatlari.
Qon shaklli elementlari.
Eritrotsitlarning tuzilishi va ahamiyati.
Qonning cho`kish reaktsiyasi (SOE) nima?
Leykotsitlarni organizm ichki muxitidagi tutgan o`rni.
Trombotsitlarni ahamiyati.
Immunitet nima?
Qon aylanish sistemasi va qon aylanish sistemasining ahamiyati.
13.Yurakning tuzilishi, yoshga xos xususiyatlarini aytib bering.
14.Yurakning sistolik va minutlik hajmi.
15.Yurak-qon tomir sistemasining boshqarilishi va yoshga xos hususiyatlari.
Tayanch tushunchalar:
Qon bosimi. Puls (tomir urishi). Yurak biotoklari. Limfa sistemasi. Qon aylanishining umumiy sxemasi. Yurakning sistolik va minutlik hajmi. Yurakning tuzilishi, yoshga xos xususiyatlari. Qon aylanish sistemasi va qon aylanish sistemasining ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |