Yosh davrlar psixologiyasining predmeti, nazariy va amaliy vazifalari


Download 0.63 Mb.
bet15/52
Sana16.11.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1777515
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   52
Bog'liq
Yosh davrlar psixologiyasining predmeti, nazariy va amaliy vazif (1)

Sotsiometrik metod. Bu metod kichik guruh a’zoalri o‘rtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni o‘rganish va ularnnig darajasini o‘lchashda qo‘llanadi. Unga amerikalik sotsiolog Djon Morenko asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a’zoning o‘zaro munosabatini aniqlash uchun uning qaysi faoliyatda kim bilan birga qatnashishi so‘raladi. Olingan ma’lumolar matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko‘rsatkichlari guruhdagi kishilarning shaxslararo munosabatlar to‘g‘risida tasavvur hosil qiladi. Bu ma’lumolar guruhiy munosabatlarning tashqi ko‘rinishini aks ettiradi xolos. shuning uchun hozir Ya.L.Kolominskiy va I.P.Volkov tomonidan sotsiometrining yosh davri psixologiyasiga moslab o‘zgartirilagan turlari ishlab chiqilgan. Bu shaxslarning bir birini tanlashi motivlarini keng ifodalash imkonini beradi. Ayniqsa sotsiometriyaning Ya.L.Kolominskiy ishlab chiqqan o‘zgartirilgan turi bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar haqida to‘laroq axborot beradi.
Shu bilan birga guruhlardagi shaxslarning yaqqol, aniq nuqtai nazar, guruhbozlik, og‘machilik, qarama-qarshilik, his-tuyg‘uning zo‘riqishi, guruhiy jipslik, moslik, munosabatning motivlari, qurilishi, jinslar o‘rdasidagi muloqotlarning zamini hamda sehri manna shu kalit bilan ochiladi.
Umuman ayganda, sotsiometrii metodidan turli yoshdagi, ikki xil jinsdagi, saviyasi xar xil kishilar guruhlardagi psixologik qonunlarni tadqiq etishda unumli foydalanish mumkin8.
Yosh psixologiyasining shakllanish tarixi
Reja:
1.Sharq allomalar asarlarida yosh davrlari muammosi
2. XIX – asr o‘rtalari va XX – asr boshlarida Rossiyada yosh psixologiyasining shakllanish tarixi
3. Yosh psixologiya fanining rivojlanish tarixi
Yosh psixologiya alohida predmet sifatida XIX asrning boshlarida vujudga kelgan bo‘lishiga qaramay, uning mustaqil fan sifatida rivojlanishi va karor topish yuli ancha murakkab kechgandir.
O‘tmishda ajdodlarimiz insonning psixologik qonuniyatlarini, muayyan ilmiy yo‘nalishda o‘rganmagan bo‘lsalar-da, biroq allomalarning qo‘lyozmalarida mazkur holatlarning namoyon bo‘lishi, inson kamoloti borasidagi qimmatli fikrlari hozirgacha yuksak ahamiyat kasb etadi.
Jumladan, Abu Nasr Forobiy pedagogika masalalarini va ular bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik, fiziologik muammolarni ijobiy xal etishda insonni har tomonlama yaxlit va o‘zaro o‘zviy bog‘liq bo‘lgan qismlardan iborat, deb aytadi. Forobiy mavjudotni bilishda ilm–fanning rolini hal etuvchi omil deb biladi, uningcha inson tanasi, miyasi, sezgi organlari tug‘ilishda mavjud, lekin aqliy bilimi, ma’naviyligi, ruhi, intellektual va ahloqiy hislatlari, harakteri, dini, urf-odatlari, ma’lumoti tashki muhit, boshqa insonlar va shu kabilar bilan muloqotda vujudga keladi, inson o‘z faoliyati yordamida ularni egallaydi, ularga erishadi. Uning aqli, fikri, ruhiy yuksalishning eng yetuk maxsuli bo‘ladi, deb ta’kidlaydi.
O‘qituvchi shaxsining psixologik xususiyatlari masalasida Abu Nasr Forobiy: “O‘qituvchi aql-farosatga, chiroyli nutqga ega bo‘lishi va o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini to‘la va aniq ifodalay olishni bilmog‘i zarur”, “O‘qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o‘xshaydi, shu sababli o‘qituvchi eshitgan va ko‘rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, chiroyli nutqga ega bo‘lishi, o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini to‘la va aniq ifodalab berishni bilmog‘i lozim. Shu bilan birga o‘z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo‘lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo‘ladi va baxt cho‘qqisiga erishadi”, deb ta’kidlaydi.
Abu Rayxon Beruniy ta’lim va tarbiyaning maqsadi, vazifalari va mavqei, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari chin ma’noda insonparvarlik va insonshunoslik zamirida yaratilgan. Bilim va tarbiyaning tabiatga uygunlik tamoyillarini mutafakkirning barcha asarlarida kuzatish mumkin. U insonni tabiatning bir qismi deb ta’kidlaydi.
Beruniy ta’lim jarayonining mohiyatiga chuqur kirib borib, bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish asosida qurilgan o‘qitish samarali bo‘lishini uktiradi. Beruniy pedagogik ijodida inson va uning baxt–saodati, ta’lim–tarbiyasi, kamoloti bosh masala bo‘lgan.
O‘rta asrda yashab, ijod etgan donishmand, tabobat ilmining doxiysi Abu Ali ibn Sino inson ruhiyati, tana va kalbning birligi, inson organizmining tuzilishi, undagi nerv faoliyati va ularning tarmoklanishi, holatlari haqidagi qimmatli ma’lumotlari hozirga qadar tibbiyotning muhim negizini tashkil etadi. Abu Ali ibn Sinoning fikricha: “...O‘qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo‘y va bolani tarbiyalash metodlarini, ahloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo‘lmog‘i lozim. O‘qituvchi o‘quvchining butun ichki va tashki dunyosini o‘rganib, uning aql qatlamlariga kira olmog‘i lozim”.
Yusuf Xos Xojib ijodining bosh masalalaridan biri - komil insonni tarbiyalashdir. U o‘z asarlarida eng komil, jamiyatning o‘sha davrdagi talablariga javob bera oladigan insonni qanday tasavvur qilgan bo‘lsa, shu asosda u o‘z tamoyillarini izchil bayon etadi. «Qutadgu bilig» («Saodatga yo‘llovchi bilim») asari ta’lim va tarbiya, ma’naviy kamolotning yo‘l–yo‘riqlarini, usullarini, chora-tadbirlarini o‘zida mujassamlashtirgan, ahloq va odobga doir ma’naviy manbadir.
Abduraxmon Jomiyning «Bahoriston», «Xirandnomai Iskandari», «Tuhfat-ul-axror» va boshqa asarlarida ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya, kasb-xunar o‘rganish, inson ijobiy fazilatlari haqidagi fikrlari ifodalangan.
Ta’lim va tarbiya jarayonida tarbiyachi va o‘qituvchi shaxsi eng muhim omil bo‘lganligi tufayli Nasriddin Tusiy “O‘qituvchilarni tarbiyalash to‘g‘risida” degan asarida shunday ifodalaydi: “O‘qituvchi munozaralarni olib borishni, rad etib bo‘lmaydigan darajada isbot qilishni bilishi, o‘z fikrlarining to‘g‘riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo‘lishi lozim... O‘qituvchi nutqi hech qachon va hech qaerda zaharxandali, qo‘pol yoki qattiq bo‘lishi mumkin emas. Dars paytida o‘qituvchi o‘zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin...”.
Alisher Navoiyning «Xazoyin-ul-maoniy», «Maxbub-ul-qulub» va boshqa shu singari asarlarida yetuk, barkamol insonning ahloqi, ma’naviyati, o‘zgalarga munosabati, iste’dodi va qobiliyati to‘g‘risida qimmatli mulohaza lar yuritilgan. Ana shu psixologik mezonlar ijtimoiy adolatning karor topishi uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan. Shu bilan birga o‘qituvchi mexnatini xolisona baxolab: “Agar shogird podsholikka erishsa ham, unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi”, deydiki, bu orqali ta’lim va tarbiya jarayonidagi o‘qituvchi shaxsining markaziy shaxs sifatida ko‘radi. Shuningdek, Navoiy asarlarida yosh avlodni barkamol inson sifatida shakllanishida ota-onaning roli, ayollarning iffatliligi, kishilarning kamtarligi haqidagi fikr-mulohaza lari alohida o‘rin egallaydi.
Navoiy «Hamsa»sining har bir dostonida bukilmas iroda, qat’iyatlilik, itoat, insonparvarlik tuyg‘ulari, ijodiy hayolot, insonning murakkab ichki kechinmalari mohirona yoritilgan. Shuningdek, bu borada Mahmud Qoshg‘ariy, Ulug‘bek, Naqshbandiy, Ogahiy singari buyuk Sharq mutafakkirlarining yoshlar tarbiyasiga, o‘qituvchi, tarbiyachining jamiyatdagi o‘rni, ahloq-odob, fe’l-atvor, oilaviy xayot, shaxslararo munosabatlarga doir qarashlari ularning asarlarida ravon va ixcham bayon etilganligini ta’kidlash mumkin.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling