Yosh davrlari psixologiyasi


Pedagogik psixologiya fani predmeti


Download 38.68 Kb.
bet2/35
Sana05.01.2022
Hajmi38.68 Kb.
#216256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
YOsh davrlari psixologiyasi

Pedagogik psixologiya fani predmeti – ta’lim va tarbiyaning psixologik qonuniyatlarini o‘rganishdan iborat.

YOsh va pedagogik psixologiya umumiyligi bola, o‘smir, o‘spirin kabi umumiy o‘rganish ob’ektlari bilan izohlanadi. YOsh davrlari va pedagogik psixologiya ta’lim va tarbiya jarayonida bolani o‘rganish bilan o‘zaro uzviy birlikni tashkil etadi.





  1. YOsh davrlari va pedagogik psixologiya tarixidan

Tarbiya va ta’limning yosh xususiyatlariga bog‘liq jihatlari qadimgi davrlardan buyon o‘rganiladi. YOsh davrlari va pedagogik psixologiya fan sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida shakllandi. Bu psixologiya faniga genetik g‘oyalarning kirib kelishi bilan bog‘liqdir. Rivojlanayotgan psixologik–pedagogik fikrga mashhur rus pedagogi K.D.Ushinskiy va, birinchi navbatda, uning «CHelovek kak predmet vospitaniya» («Inson – tarbiya predmeti sifatida») degan asari katta hissa qo‘shgan edi. YOsh psixologiyasi fanining rivojlanishiga ingliz olimi CHarl’z Darvinning evolYusion g‘oyalari jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Psixologiya tomonidan o‘rganiladigan omillarining reflektor mohiyatini tushunish uchun psixik faoliyat ahamiyatini mashhur fiziolog olim I.M.Sechenov ham ta’kidlab o‘tgan. YOsh va pedagogik psixologiyada Veber va Fexnerning psixofizik kashfiyoti, Ebbingauzning xotiraga oid tadqiqoti, G.Gel’mgol’sning sezgi organlarining psixofiziolo-giyasiga oid ishi, Vundt tomonidan fiziologik psixologiya hissiyoti va harakatlarining o‘rganilishi va boshqalar asosiy ahamiyatga ega.

XX asr boshida yosh va pedagogik psixologiya sohasida ikki asosiy: biologik va ijtimoiy yo‘nalish ajratilgan.




Download 38.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling