Yosh duradgor


VI. Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana08.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1176244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Texnologiya 7-sinf yosh duradgor to\'garak 34 soat

VI. Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish 
 
Maktab MMIBDO‘______________________ _______________sana______ _______ 20__yil


 
Sana: “__” _______ 20___-yil. Sinflar: _______. To‘garak rahbari:________________
 
Mavzu: Yog‘оchlаr vа ulаrgа ishlоv bеrish mаtеrillаrini turlаrgааjrаtish vа хususiyatlаrini аniqlаsh. 
Darsning maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilarga yog‘оchlаr vа ulаrgа ishlоv bеrish mаtеrillаrini turlаrgааjrаtish vахususiyatlаrini 
аniqlаsh haqida ma’lumotlar berish.
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan 
foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, 
sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish. 
Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida yog‘оchlаr vа ulаrgа ishlоv bеrish mаtеrillаrini turlаrgааjrаtish 
vахususiyatlаrini аniqlаsh hаqidа bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish. 
Darsda jihozi: metallga ishlov berish ustaxonasi, metal namunalari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, 
elekron materiallar, test materiallari. 
I. Yangi mavzu bayoni: 
Yog‘och turlari ular olinadigan daraxtlarga qarab farqlanadi. Har bir daraxtning yog‘ochi bir-biriga nisbatan
qattiq-yumshoqligi, og‘ir-engilligi, zichligi, turli ta’sirlarga chidamliligi, ishlov berishga qulayligi, ko‘rinishi,
rangi va boshqa belgilar bilan farqlanadi. Yog‘och olinadigan daraxtlar igna bargli va yaproqli (bargli)
turlarga ajratiladi. Igna bargli daraxtlarga qarag‘ay, pixta, tilog‘ach, archa, kedr, sari, tis kiradi. Bu daraxtlarning har 
biri o‘z navbatida bir necha turlarga bo‘linadi. Masalan, dunyoda qarag‘ayning 100 ga yaqin turi, pixtaning 40 ga 
yaqin turi, tilog‘ochning 20 dan ortiq turi, archaning 45 ga yaqin turi, kedrning 4 turi, sarvning 20 ga yaqin turi, tisning 
10 yaqin turi ma’lum.Qarag‘ay, pixta, tilog‘och kabilardan asosan turli o‘lchamlardagi taxtalar, to‘sinlar, reykalar 
tayyorlanadi. Bunday yog‘och materiallardan imoratlorning zarur qismlarini yasash, eshik va derazalar hamda 
boshqalar turli yog‘och buyumlar tayyorlashda foydalaniladi. Igna bargli qarag‘ay va pixta yumshoq qolganlari qattiq 
yog‘och beradi. Yaproqli daraxtlar ham yumshoq, qattiq yoki mo‘rt yog‘och hosil qiladi. Ulardan imoratsozlikda va 
turli buyumlar yasashda foydalaniladi. Masalan, terakning bir turi bo‘lgan tog‘terak yog‘ochidan gugurt, 
chang‘i, bochkalar tayyorlashda va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Yaproqli daraxtlarniig qattiq yog‘och 
beruvchi turlaridan O‘zbekistonda yong‘oq, nok, tut, qayrag‘och, o‘rik, shaftoli, zarang, jo‘ka, buk, akatsiya va 
boshqalar hamda mo‘rt yog‘och beruvchi turlaridan chinor, eman kabilar o‘sadi. Ular mebel va boshqa
buyumlar yasashda hamda yog‘och o‘ymakorlikda ishlatiladi. Har qanday yog‘ochning ishlatilishi 
uning fizik va mexanik xossalariga, ishlatilish sharoitiga, miqdoriga va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi.
Texnikaning taraqqiy etishi natijasida yog‘och materiallardan foydalanish sohasida doimiy o‘zgarishlar ro‘y 
bermoqda. Yaqin kunlarda ham yog‘och asosiy qurilish materiali hisoblanadi. Qurilish va inshoatlarda yig‘ma temir 
beton kopstruksiyalarning ishlatilishi yog‘ochga bo‘lgan extiyojni ancha kamaytiradi. Shunga 
qaramasdan, yog‘och sellyuloza sanoatida hozirgi vaktda asosiy material hisoblanadi. Shuningdek ayrim 
yog‘ochlarning xo‘jalikdagi ahamiyati ortib bormoqda. Oq qayin yaqin yillargacha faqat o‘tin sifatida ishlatilib
kelingan bo‘lsa, xozirgi kunda faner ishlab chiqarish korxonalarida va sanoatning boshqa soxalarida qimmatbaho 
material hisoblanadi. Hamma yog‘ochlar ular olinadigan daraxtlarning turiga qarab bargli va nina bargli 
guruhlarga bo‘linadi. Qurilishlarda ko‘pincha nina bargli qarag‘ay, archa, puxta, kedr kabi daraxtlardan olingan
yog‘ochlar ishlatiladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling