Yosh duradgor
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya 7-sinf yosh duradgor to\'garak 34 soat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-rasm.
I. Yangi mavzu bayoni:
Yog‘ochdan turli buyumlar tayyorlash uchun yog‘och materiallarni o‘lchash va rejalash kerak bo‘ladi. Buning uchun maxsus asboblardan foydalaniladi. O‘lchash deb yog‘och materialning o‘lchamlarini va shaklini aniqlashga aytiladi. Bu asboblarga chizg‘ichlar, metr, ruletka, go‘niyalar,xatkash va o‘lchov andazalari kiradi. O‘lchov andazalari bir xil buyumni ko‘plab tayyorlashda qo‘llaniladi. O‘lchov andazasi bir xil uzunlikni ko‘p marta o‘lchash uchun kerakli kattalikda tayyorlangan reyka, tayoqcha yoki shu kabilardan iborat. Tayyor buyum namunasidan ham foydalansa bo‘ladi. Arralar Arralar yog‘och materiallaridan buyumlar tayyorlashda yog‘ochni turli yo‘nalishlarda qirqish ishlarini bajarish uchun ishlatiladi. Bunda yog‘och ko‘ndalangiga, bo‘yiga, har xil qiyalikda ham turli egri chiziqlar bo‘ylab qirqiladi. Bu ishlar asosan turli arralar yordamida bajariladi. Bu arralar tuzilishiga ko‘ra qo‘l kuchi ishlatiladigan, elektr va zanjirli arralarga bo‘linadi. Yog‘ochdan boshqa materiallarni arralash uchun maxsus arralar ishlatiladi. Arralar qo‘larra (dastarra), ikki kishi birgalikda ishlatiladigan sarjin (g‘o‘labo‘r) arra va taxtabur arralarga bo‘linadi. Arralarning turlari ko‘p bo‘lib, ularning asosiy qismi po‘latdan tayyorlanadi. Arra tanasining uzun tomoni yonidan tish chiqariladi. Arra tanasining uzunligiga ko‘ra uzun va qisqa, qalinligiga ko‘ra qalin va yupqa, kengligiga ko‘ra keng, tor, ingichka va qilarra turlarga bo‘linadi. Tishning tuzilishiga ko‘ra bir tomonga arralaydigan, ikki tomonga arralaydigan hamda tishining kattaligiga ko‘ra yirik, o‘rta, mayda tishli arralarga ajratiladi. Bu arralar faner va yog‘ochdan shakldor buyumlarni arralash uchun ishlatiladi. 4-rasm. Arra turlari: a – burcharra; b – g‘o‘labo‘rarra; d – dastarra. Qo‘larralarning burcharra, burama yoyarra deb ataladigan turlari mavjud Burcharralar tanasi yupqa bo‘lib, tor iz hosil qilish orqali aniq arralash ishlarini bajarish uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga arralash uchun kamroq kuch sarflash imkonini beradi. Ularni ishlatish vaqtida yupqa tanasini tarang tutib turish uchun maxsus moslamadan foydalaniladi. Moslamaga o‘rnatilgan burcharraning tuzilishi arra tanasi, 2 ta quloq, 2 ta dasta, 1 ta kergi chilvir va burov tayoqchasidan iborat. Bu arrani ishlatish vaqtida tanasini tarang tutib turish uchun chilvir orasidan o‘tkazilgan burov tayoqchasini aylantirib chilvirni taranglash kerak. Burcharralar kashakliarra, yoyarra deb ham ataladi. Burama yoyarralar taqasimon tutqichga mahkamlanadi. Ular yupqa, ensiz va kaltaarra tanasidan iborat ixcham qo‘larra bo‘lib, faner, yupqa taxta va boshqa materiallardan shakldor buyumlar yasash uchun ishlatiladi. Bunday arralar tanasining qalinligi 0,6–1,25 mm eni 2– 10 mm, uzunligi 200–350 mm gacha bo‘ladi. Burilma arralar lobzik yoki qilarra deb ham ataladi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling