Yosh fiziologiyasi fani


Download 39.5 Kb.
bet4/22
Sana21.12.2021
Hajmi39.5 Kb.
#182204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
mustaqil ish fizialogiya

Shartli reflekslar. Shartli reflekslar odam hayoti davomida hosil bo`lib, uning markazi bosh miya katta yarim sharlari po`slog`ida joylashgan. Shartli reflekslarning nerv yo`llari tarbiya, bilim olish, hunar o`rganish va boshqa hayotiy tajribalar asosida hosil bo`ladi. Muayyan refleks uzoq vaqt takrorlanmasa bu shartli refleks so`nadi. Shartli refleks shartsiz refleks asosida hosil bo`ladi. Shartli refleks hosil bo`lishi uchun oldin shartli ta'sirlovchi ketidan shartsiz ta'sirlovchi ta'sir etishi kerak. Shartli reflekslar hosil bo`lishi uchun quyidagilar zarur: 1) befarq shartli ta'sir 2) shartli ta'sir shartsiz ta'sirdan oldin kelishi va shartsiz ta'sir qila boshlagandan keyin ham birmuncha vaqt ta'sir ko`rsatib turishi kerak 3) shartli va shartsiz ta'sirlar shu tariqa birga qo`llanilishi kerak. Shartli ta'sir shartsiz ta'sir bilan quvvatlanib turilmasa, shartli refleks hosil bo`lmasligi mumkin. Hayot mobaynida ba'zi shartli reflekslar so`nib, yangilari paydo bo`lib turadi. Masalan bola tug`ilganda 7 — 8 marta emsa, katta odam 3 — 4 maxal ovqatlanadi.


Download 39.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling