Qiyosiy tormozlanish. Miya yarim sharlar po`slog`ida shartli refleks faqat shartli ta'sirga nisbatan hosil bo`lmasdan, balki shu ta'sirga yaqin ta'sirlovchilarga ham bog`liq bo`ladi. Shartli ta'sirlovchining rangi, shakli, tovush balandligi bir oz o`zgartirilgundek bo`lsa, hosil qilingan shartli refleks tormozlanadi.
Kechikuvchi shartli refleks. Agar shartsiz ta'sirlovchi kechiktirilib ta'sir qilinsa, shartli refleks ta'sir berilishi bilanoq emas, balki bir oz kechroq hosil bo`ladi. Kechikuvchi shartli reflekslar bogcha, maktab yoshidagi bolalarda juda qiyinlik bilan hosil bo`ladi. Bu bolalar oliy nerv faoliyatining tipiga bog`liq.
Talim – tarbiya gigiyenasi qanday masalalarni oz ichiga oladi? Kun tartibi va uning ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |