Yosh fiziologiyasi fani


Download 39.5 Kb.
bet12/22
Sana21.12.2021
Hajmi39.5 Kb.
#182204
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
mustaqil ish fizialogiya

Dars gigiyenasi. O`quvchilar o`quv ishining asosiy shakli dars bo`lib, u turlicha olib borilishi mumkin.

O`quvchilar aqliy mehnat qobiliyatining rivojlanishi, darslarni o`zlashtirishlari, salomatliklari darslarni gigiyenik jihatdan qay darajada ratsional tashkil qilinishiga ko`p jihatdan bog`liqdir. Darsni to`g`ri tashkil qilishda birinchi navbatda uning davomliligi, tarkibi ( tuzilishi va mazmuni), dars o`tilgan joydagi (sinfdagi) asosiy gigiyenik talablarga rioya qilish nazarda tutiladi.

Dars davomiyligining o`quvchilar organizmiga ta'sirini o`rganishga bag`ishlab olib borilgan tajribalar shuni ko`rsatdiki, bolalar bosh miya po`stloq hujayralari faoliyatining susayishi boshlang`ich sinflarda dars boshlangandan 10-15 minutdan keyin, IV - VIII sinflarda 12-20 minut o`tgandan keyin, IX-XI sinflarda esa 25-30 minut o`tgandan keyin seziladi. Darslar hamma sinflarda 45 minut davom etadi.

Fiziolog va gigiyenistlar birinchi sinf o`quvchilari uchun darsning davomiyligi 30- 35 minutdan oshmasligi kerak deyishmoqda.

Belgilangan 45 minutlik darsning 25-30 minutida o`quvchining aktivligi sezilarli darajada pasayib, diqqati tarqoqlashadi, berilgan vazifani xato bajarish foizi ortadi. Tajribali o`qituvchilar yuqoridagi dalilni hisobga olib, bolaning diqqatini o`z vaqtida boshqa mashg`ulotlarni bajarishga - o`qishga, rasm solishga jalb qilishadi yoki fizkultura minutlari o`tkazishadi.

Birinchi sinf o`quvchilari uchun o`qish va yozish davrining davomiyligi 7-10 minutdan oshmasligi, 4-sinf o`quvchilari uchun esa bu davr 17-20 minut bo`lishi kerak.

Tadqiqotlarning ko`rsatishiga, boshlang`ich sinflarda kun tartibini tuzishning eng maqsadga muvofiq shakli o`qitishning boshlang`ich yilida, birinchi yarim yillikda 3 tadan dars o`tilganda, ularning davomiyligi 30 minutdan, ikkinchi yarim yillikda 4 tadan dars o`tilganda 35 minutdan iborat bo`lishi hisoblanadi.

Shunday qilib, darslarning davomiyligini va sonini asta-sekinlik bilan oshirib borish tavsiya qilinadi. Bunda bog`chadagi tarbiyaning maktabda boshlang`ich tarbiya bilan o`zaro bog`lanishi va muvofiq bo`lishi muhim ahamiyatga ega.

Maktabda boladagi harakat tartibini cheklab qo`ymaslik kerak. Ular ochiq havoda ko`proq, bo`lishlari, serharakat o`yinlar bilan ko`proq mashg`ul bo`lishlari asab tizimini toliqtiruvchi sabablarga barham beradi.

Maktabda o`quvchilarning ovqatlanishini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Har kuni bitta o`qituvchi o`quvchilarning ovqatlanishidan oldin qo`l yuvishi, to`g`ri o`tirishi, ovqatni shoshilmasdan, yaxshilab chaynashi va boshqalarni kuzatib borishi kerak. Darsdan so`ng o`quvchilarni turli sabablar bilan olib kolaverish ularnng asabiga yomon ta'sir qiladi. Ularga dushanba kuni topshiriq bermaslik, shanba kuniga beriladigan uy vazifasi boshqa kunlarga nisbatan kam bo`lishi kerak.

Kuni uzaytirilgan, maktablarda o`quvchilar darsdan so`ng ovqatlanib, sof havoda dam oladilar va berilgan topshiriqlarni, sinfdan tashqari ishlarni, uy vazifalarini bajaradilar.

Sinf raxbarlari sinfdan tashqari ishlarni o`quvchilarning qiziqishi, yoshiga xos hususiyatlari va qobiliyatiga qarab taqsimlashi kerak. Ko`pincha jamoat ishlari to`g`ri taqsimlanmaydi, birorta aktiv o`quvchiga bir nechta jamoat ishi topshiriladi, boshqa birlari umuman jamoat ishiga jalb etilmaydi. Jamoat ishlari 1-5 sinf o`quvchilari uchun 3-4 s, 6-11 sinf o`quvchilari uchun 4-5 soatni tashkil etishi kerak.




Download 39.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling