Yosh fiziologiyasi va gigiyena


Download 1.36 Mb.
bet27/86
Sana09.06.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1473292
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   86
Bog'liq
Ёш ФГ УУМ 2022.doc.yangi

Yassioyoqlik. Odam tovon kaftining pastki qismi tayanch - harakat sistemasining ressori vazifasini bojaradi. Bolalar uzoq vaqt tik turganda, og’ir yuk ko’targanda, tor poyafzal kiyganda oyoq panjasi gumbazi yassilanadi, natijada yassioyoqlik kelib chiqadi. Yassioyoqlik natijasida oyog’ining tovon-panja va boldir muskullarida og’riq bo’ladi. Yassioyoqlik tug’ma va hayotda orttirilgan bo’ladi. Yassioyoqlikning tug’ilgandan keyin yuzaga kelishi sabablari quyidagilardan iborat: bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurg’izish, uzoq vaqt tik turg’izish, yosh bolaga poshnasi yumshoq poyabzal kiygizish, o’quvchilarning kun bo’yi poshnasiz sport poyabzalida yurishi, poshnasi baland, uchi tor poyabzallarni kiyish, og’ir yuk ko’tarish. Ana shularni hisobga olib, yassioyoqlikni oldini olishga e‘tibor berish kerak.
Sinf jixozlariga qo’yiladigan gigiyenik talablar.
Ta‘lim-tarbiyaning, mehnat ta‘limining samarali bo’lishida sinf xonalari, labaratoriyaning jixozlanishi muxim axamiyatga ega. Maktab mebellari bolalarning bo’yi, yoshi, tana proportsiyasi, fiziologik xususiyatlariga mos bo’lishi kerak. Siif xonasining asosiy jihozi partadir. Parta bir yoki ikki o’rinli bo’lib, har birining suyanchig’i, o’tirg’ichi va yozuv stoli kabi qismlari bo’ladi. Suyanchiq bola umurtqa tsog’onasining bel egriligiga mos kelishi kerak. Suyanchiq oralig’i gorizontal buyicha kursi suyanchig’igacha bo’lgan masofa o’quvchi gavdasining diametridan 3-5 sm. masofa qolishi kerak. Masofa musbat, manfiy va nol bo’lishi mumkin. Suyanchiq oralig’i oshib ketsa, o’quvchi bukilib o’tiradi, kamayib ketsa, siqilib qoladi. Partaning oldingi cheti o’tirg’ichdan 3-5 sm. o’tishi maqsadga muvofiqdir. Partaning yozuv stoli 15-200 qiyaroq qilib tayyorlanadi. Bu ko’rishni yengillashtiradi. O’quvchilarni partaga o’tkazishda bo’yini parta raqamiga moslash zarur. Buyi eng past bola 110 sm., novchasi 179-180 sm. bo’ladi. Barcha o’quvchilar 7 ta bo’y guruxiga bo’linadi. Parta raqamlari xam 6 dan 12 gacha A.F.Listov bolani bo’yiga qarab parta nomerini aniqlash uchun quyidagi formulani tavsiya qiladi, ya‘ni bola bo’yining oldingi raqami unligidan 5ni ayrilsa, shu bola o’tiradigan partaning nomeri kelib chiqadi. Masalan, bolaning bo’yi 148 sm., 14 dan 5 ni ayiribtashlaymiz, unda 9 qoladi. Demak, 148 sm. bo’yli bola 9 nomerli partada o’tirishi kerak. Xozirgi vaqtda ko’p maktablarda yangi nomerli partalar qo’llaniladi. Bular A,B,V,G,D deb belgilanadi. Xar bir partaning suyanchig’ida shu partada o’tirishi mumkin bo’lgan bolaning bo’yi, parta nomeri yoki rangli shartli belgi qo’yilgan bo’ladi. Jumladan, A raqamli parta rangli belgisi sariq, B- qizil, V-ko’k, G- yashil va D-oq rang bo’ladi. Sinf partalari, stol, stullarni akslanish koeffitsenti 35% dan 50% gacha bo’lgan ranglarda bo’yash tavsiya etiladi. Parta, stol, stullar och kul rang. och yashil yoki boshqa ochroq rangga bo’yash tavsiya etiladi. Sinf partalari 3 qator qilib, pastlari oldinga, balandlari orqaga qo’yiladi. Parta qatorlari orasidagi masofa 70-75 sm ichki devor bilan parta qatori orasidagi masofa 60sm., oxirgi parta bilan devor orasidagi masofa 50sm., oxirgi parta bilan doska orasidagi masofa 7-8 m. qilib joylashtiriladi. O’quvchilarni partaga o’tkazishda bo’yidan tashqari sog’lig’i, ko’rish, va eshitish organlarining hususiyatlari xam e‘tiborga olinadi. Yaqindan ko’radigan bola, garchi bo’yi baland bo’lsa ham oldingi partaga o’tkazilishi kerak.
Sinf doskasining yuzasi silliq, yaltiramaydigan bo’lishi kerak. Uning o’lchami sinf satxiga bog’liq bo’lib, uzunligi 175 sm dan 300-350 sm.gacha, eni 110-120sm. bo’lishi kerak. Boshlang’ich sinflarda sinf doskasi pol sathidan 85 sm., yuqori sinflarda 90sm. baland o’rnatiladi. Doska jigar rang, to’q yashil rangga bo’yaladi. Doskada bor latta qo’yish uchun tarnovcha bo’lishi kerak. Doska yaxshi yoritilishi uchun tepasiga lyuminestsentlampa o’rnatiladi. O’quvchining ish stoli va stuli birinchi parta yoki o’rtadagi parta oldiga qo’yiladi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling