Yosh fiziologiyasi va gigiyena
Download 1.36 Mb.
|
Ёш ФГ УУМ 2022.doc.yangi
Maktab binosidagi yorug’lik rejimi.
Odam ko’zi yorug’lik ta‘sirida tashqi dunyodagi narsalarni ko’radi. Ko’z 390 dan 760 mmk gacha bo’lgan to’lqin uzunlikdagi nurlanish spektorini qabul qiladi. Xonaning ratsional, yeritilishi ko’rish organining asosiy xususiyatlariga asoslangan bo’lishi kerak. Yeritilish bir xil tarqalgan, ko’zni kamashtirmaydigan, yaltiramaydigan bo’lishi qerak. Yoritilish gigienik talablarga to’g’ri javob bergandagina, ko’rishning va umumiy charchashning oldi olingan bo’ladi. Odamning aqtiv faoliyati faqat kunduzi tabiiy yorug’lik to’shish vaqtida emas, balki kechasi xam sun‘iy yoritilishni tabiiy yoritilishga yaqinlashtirib, odamning aktiv ish faoliyatini kechasi xam saqlab qolish xozirgi zamon gigienasining asosiy maqsadidir. M.D.Sharovning tadqiqotlari o’quvchilarning ish qobiliyati sinfning yoritilishiga bog’liqligini ko’rsatadi. Yoritilish.tabiiy va suniy yo’llarda olib boriladi. Xonaning yoritilishini gigienik baholash uchun yoritish koeffitsientini aniqlash kerak. Yoritilish koefitsienti deb, derazalar oynalangan sathining pol satxiga nisbatiga aytiladi. Yoritilish koeffitsienti sinfda 1:5, 1:6 bo’lishi kerak. Sinfga o’rnatilgan derazalar oralig’i 50- 75 sm bo’lishi kerak. Deraza tokchasi pol satxidan 80 sm baland bo’lishi kerak. Deraza oynasi toza bo’lishi kerak, ifloslangan oynalar 15% yorug’likni to’sib qo’yadi. Derazalarni gullor, pardalar bilan to’sib qo’ymaslik kerak. Sinfning bo’yalishi ham yorug’likka ta‘sir -qilodi. Sinfning devorlari, shipi oq buyoqqa, panel och yashil yoki och ko’k rangga bo’yalishi kerak. Sinfdan tabiiy yoritilishni umumiy yig’indisi qish oylarida 75000 lyuks, yoz oylarida 100000 lyuks bo’lishi kerak. Maktablarda suniy yoritilishdan cho’g’langan na lyuminitsent lompalardan foydalaniladi. Lyuminitsent lampalar bilan yoritish samorali hisoblonadi, chunki yorug’lik sinfga bir hil torqaladi sinfni isitib yubormaydi. 50 kv. m maydondagi o’quv xonalarini, cho’g’lanish lampalari bilan yoritilganda 7 -8 ta nuqtalar bo’lishi kerak. Umumiy quvvati 2100-2400 Vatt bo’lishi kerak. Xozirgi maktablarda SK-ZOO, KMO-ZOO va nurlarni tarqatib beradigan polietilen xalqali DRK yoritqichlaridan keng foydalaniladi. Yoritkichlar ichki dsvoridan bir yarim metr, tashqi devoridan 1,3 metr masofadan ikki qator qilib joylashtiriladi. Qatorlardagi yoritkichlar orasidagi masofa 2,65 metr sinf doskasidan 1,2 metr uzoqlikda bo’lishi kerak. Xozirgi vaqtda sinf xonalari uchun yangi yoritgich ShOD ishlob chiqilgon. Sinfning sun‘iy yoritilishi 175-350 lyuksdan kam bo’lmasligi kerak. Maktab binosidagi issiqlik rejimi. Bolalar muassalarini mikroklimati ularning yoshi, iqlim sharoiti yilning fasllari, isitish tipi, bolalarning kiyimlari va boshqalarga qarab aniqlanadi. Maktabda sinf xonalarining xarorati 18°1, sport zallari va masterskoylar temperaturasi 14-16°t bo’lishi kerak, nisbiy namlik sinfda 40-65% bo’lishi kerak. Xozirgi vaqtda ko’pchilik maktablar markaziy isitilish sistemasi orqali past bosimli suv bosimi yordamida isitiladi. Bunday isitilish kun maboynida havo temperaturasini bir xil bo’lishini, havoning juda quruq bo’lmasligini, chang bo’lmasligini ta‘minlaydi. Isitish priborlari, yani radiatorlar poldan 20 sm balandga devordan 10 sm uzoqroq qilib o’rnatiladi. Gimnastika zallarida radiatorlar taxta reshetkalar bilan to’siladi. Xozirgi vaqtda sinf xonalarini nurlanuvchi issiqlik tarqatuvchi isitish sistemasidan keng foydalanilmoqda. Ba‘zi maktablarda pechlar yordamida isitiladi. Bunday pechlar o’qish boshlanishidan 2 soat oldin isitilishi kerak, sinf xonalarida havoning sof bo’lishi uchun xonani tez-tez shamollatib turish kerak. Qish oylarida fortochkalar yoki framogalarni ochish bilan shamollatiladi, mashg’ulot o’tiladigan xonalar xar soatda 5-10 minut shamollatilishi kerak. Xona bir soat mobaynida fortochkalar bilan shamollatilsa korbanat angidrid gazining miqdori 7% ga kamayadi. Maktab binosi ko’rilayotganda devorlar orasiga sun‘iy vintilyatsiya uchun joy quyiladi, ximiya loboratoriyasi va duradgorlar masterskoyiga qo’shimcha xavo tortuvchi shkaflar urnatiladi. Maktab vrachi sinf xonalaridagi havo tarkibini fizika, ximiya kabinetlaridagi sochilgan simob miqdorini vaqti-vaqti bilan aniqlab turishi kerak. Tayanch-harakat apparati tizimiga skelet va skelet muskullari kiradi. Skeletdagi suyaklar va boylam – bug’imlar passiv harakat organlar muskullar esa aktiv harakat organlari hisoblanadi Skelet 206 dan ortiq alohida suyaklardan tashkil topgan bo’lib, bularning 85 tasi juft, 36 tasi toq suyaklardan iborat. Skelet uchta asosiy funktsiyani: tayanch, xarakat, va ximoya vazifalarini bajaradi. Organizmdagi suyaklarni qoplab turgan skelet muskullari aktiv harakat organi bo’lib, muskullar qisqarganda bug’imlarda xarakat vujudga keladi. Odamning harakati harakat nervlari orqali markazdan qochuvchi impulslarni muskullarga kelishi tufayli vujudga kelib, bu esa odamning hayoti va mehnat faoliyatini ta‘minlaydi. Shunday qilib, harakatda muskullar va suyaklar ishtirok etadilar. Suyak sistemasi bundan tashqari, nerv sistemasi va ichki organlarni turli ta‘sirotlardan ximoya qiladi. Bir butun organizmda barcha fiziologik protsesslar bir-biriga boglangandir. Bu bog’liqlikni quyidagi misolda kurish mumkin; Muskullar qiskarganda odamning harakati bilan bir vaqtda nafas olish yurak faoliyati, modda almashinuvi protsessi,- qon aylanish va nerv sistemasida o’zgarish vujudga keladi. Boshqacha qilib aytganda muskul ishida nafas olish, yurak faoliyati ortadi. Qon aylanish tezlashadi, qon tomirlar-kengayadi. Modda almashinuvi kuchayadi va hokazo. Nerv sistemasining taraqqiy etishida skelet muskullarining qisqarishi juda muhim axamiyatga ega. Chunki muskullarining qisqarishi tashqi muhit ta‘sirlari va sezuv organlariga ta‘sir etishi bilan impulslar orqa bosh miyaga borishi tufayli bo’ladi. Bu esa nerv sistemasini rivojlantiradi. Bolalarda harakat koordinatsiyasi nerv sistemasining ayniksa, nerv tolalarining mienlinlashuvi bilan bog’liqdir. Yangi tug’ilgan bolada xarakatlarni tartibsiz bo’lishi, kupchilik efferent xarakat nerv tolalarini mielin nabatini yuqligi bilan bog’liqdir. Shunday qilib, tayanch xarakat apparati bolaning nerv sistemasi va boshqa funktsiyalarining rivojlanishi organizmning normal o’sishi uchun muhim axamiyatga ega. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling